Qo'shma Shtatlar Suriyada "Islomiy davlat" guruhi bilan olishayotgan, murosaga moyil isyonchilarni jangovar mashqdan o'tkazmoqda.
Amerika Mudofaa vaziri Eshton Karterning jurnalistlarga aytishicha, 90 nafar mutaxassis maxsus manzillarda isyonchilarning malakasini oshirishga kirishgan. Bu manzillar sir tutilmoqda.
Kelasi haftalarda amerikalik qo'shimcha mutaxassislar yordamga kelishi kutilayapti.
Obama ma'muriyatining Suriyadagi muxolifatni ko'proq qo'llab-quvvatlashga o'tar ekan, hafta boshida Prezident Bashar al-Assad bugun isyonchilar nazoratidagi hududlarni tez orada qaytarib bolishini aytgan.
Amerika Qurolli kuchlar bosh shtabi qo'mondoni, general Martin Dempsining aytishicha, Assad o'z strategiyasini qayta ko'rib chiqishi kerak.
Assad hukumati kuchdan qolayapti, deydi Dempsi. Uning o'rnida bo'lganimda muzokara stoliga o'tirgan bo'lar edim, deydi general.
Qo'shma Shtatlar Suriyada "Islomiy davlat" jangari to'dasining manzillarini havodan o'qqa tutib keladi, biroq Suriya armiyasiga tekkagicha yo'q.