Suriyada muxolifat janubdagi harbiy bazani hukumatdan tortib oldi

  • Amerika Ovozi

Dar'o, Suriya. 9-iyun, 2015.

Suriyadagi muxolif kuchlar janubda harbiy bazani hukumat qo'shinlaridan tortib olgan.

Janubiy front nomli ittifoq qattiq olishuvlar oqibatida 52-brigadaga qarashli bazani qo'lga kiritgan.

Britaniyada asoslangan huquq tashkilotining hisoblashicha, 20 nafar askar va 14 isyonchi halok bo'lgan.

Harbiy baza Damashqdan Iordaniya bilan chegaradosh Dar'o viloyatiga yetaklovchi trassa bo'yida joylashgan.

Suriya qurolli kuchlari oxirgi oylarda katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, armiya Iordaniya bilan chegarada o'tish punktini isyonchilarda boy berdi.

Bundan tashqari, Prezident Bashar al-Assadning armiyasi shimolda, Turkiya bilan chegaradosh hududlarda qator viloyatlarni ekstremist kuchlarga berib qo'ydi.

Suriya va Iroq