AQSh: Suriyada isyonchilar qo'mondoni o'limi sulhga halaqit berishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Suriyadagi isyonchi kuchlar

Qo'shma Shtatlar nazarida Suriyada isyonchilar qo'mondonining o'limi sulh va siyosiy murosaga erishishni qiyinlashtiradi.

Jaysh al-Islom nomli isyonchi guruh sardori Zahran Allush juma kuni Suriya armiyasining havo hujumida jon bergan.

Jaysh al-Islom guruhi mamlakatda siyosiy murosaga erishishga doir muloqotda qatnashgan va "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurashgan.

Davlat departamenti bu voqea sulh yo'lida shu paytgacha qilingan ishlarni yo'qqa chiqarmaydi degan umidda.

BMTning Suriya bo'yicha bosh muzokarachisi Staffan de Mistura 25-yanvar kuni xalqaro hamjamiyatni bir davraga yig'ishga harakat qilmoqda.

Qo'shma Shtatlar bu sa'y-harakatlarni qo'llaydi, deydi Amerika rasmiylari.