Breaking News

Suriya: Muzokara oldidan isyonchi guruh rahbari o'ldirildi


Suriyada hukumatga qarshi kurashayotgan eng kuchli isyonchi guruhlardan birining rahbari va qator yetakchilari havo hujumida halok bo'lgan.

Zahran Alush "Islom armiyasi" (Jaish al-Islam) deb nomlangan guruhning asoschisi edi. Uning o'limi Suriya hukumati uchun g'alaba deya baholanmoqda. Uning o'rniga boshqa bir qo'mondon - Essam al-Buvaydani rahbar etib tayinlandi.

Suriya armiyasi hujumni uyushtirganini tasdiqlamoqda. "Terrorchi guruhlar G'uta shahrida majlis qilayotgani haqida olingan razvedka ma'lumotlari asosida operatsiya o'tkazildi", deyiladi armiya bayonotida.

BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga ko'ra, Suriyada tinchlik o'rnatishga qaratilgan muzokaralar yanvar oyida boshlanishi kerak. Bu muzokaralarda "Islom armiyasi" ham qatnashishi kutilgan edi.

Ammo Suriya hukumati va unga ittifoqchi Rossiya bu guruhni terrorchilar ro'yxatiga qo'shgan. Saudiya Arabistoni va Turkiya quvvatlaydigan "Islom armiyasi" poytaxt Damashq yaqinidagi G'uta va Duma shaharlarini nazorat qiladi, o'n minglab jangchisi bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG