Tojik-afg'on chegarasida bir jangari o'ldirilgan, yana bir yaralangan

  • Amerika Ovozi

Tojik-afg'on chegarasida bir jangari o'ldirilgan, yana bir yaralangan

Tojikiston-Afg’oniston chegarasidagi olishuvda bir jangari o’lgan va yana biri yaralangan. Tojikiston xavfsizlik kuchlarining aytishicha, bu shaxslar o’tgan yili qamoqdan qochgan jinoyatchilar.

2010 yilning avgustida Dushanbedagi turmadan 25 mahbus qochib ketgan va ular ektremist degan tamg’a bilan qamalgan insonlar edi. Ular O'zbekiston Islomiy Harakati a'zolari, deydi Tojikiston rasmiylari.

Mahbuslar o’shanda besh qo’riqchini o’ldirgan. Tojikiston xavfsizlik kuchlari shu kungacha bu 25 kishidan 16 nafari qo’lga tushganini, yana yetti nafari esa o’ldirilganini bildirmoqda.

Afg’on-tojik chegarasi mintaqadagi eng xavfli hudud hisoblanadi. Oxirgi oylarda u yerda jangarilar faol harakat qilayotgani, qoradori olib o’tish kuchaygani kuzatiladi.

Jangarilarning mahalliy aholi hayotiga raxna solayotgani, bolalar o’g’irlanayotgani, ayrim hollarda hatto ayollar ham olib qochilayotgani ma’lum.

Tojikiston vaziyatni yaxshiroq nazorat qilish uchun Amerika yordamni oshirgan. Rossiyadan ham ko'mak kelmoqda.

Xalqaro tashkilotlar korrupsiyaga botgan hukumat va iqtisodiy jihatdan nochor bu jamiyat terrorizmga qarshi kurasha olmaydi deb ogohlantirib keladi.