Tojikistonda xavfsizlik kuchlari al-Qoidaga aloqadorlik gumoni bilan 8 kishini o'ldirgan.
Operatsiya Rasht vodiysida amalga oshirilgan. O'lganlar orasida sentabr oyida hududda askarlarni o'qqa tutgan jangarilar va ularning yetakchisi Oloviddin Davlatovning borligi aytilmoqda. O'shanda afg'on chegarasi yaqinida 25 askar nobud bo'lgan edi.
Qirg'izistonda esa poytaxt Bishkekda militsionerlar jangarilar hujjatlarini tekshirayotib, hujumga uchragan.
3 posbon o'lgan. Ularning ketiga tushgan maxsus kuchlar bir qishloqda operatsiya o'tkazayotib, ular bilan to'qnashgan. Bir xavfsizlik agenti va 2 jangari o'lgan.
Rossiya janubidagi Dog'iston Respublikasida esa xavfsizlik kuchlari jangarilar bilan to'qnashib, 4 nafarini yo'q qilgan.
Uch militsioner yaralangan. Voqea Xasavyurt shahrida ro'y bergan. Xavfsizlik kuchlari jangarilar yashiringan binoni qurshab olib, ular qochishga harakat qilayotgan payt o't ochgan. Dushanba kuni respublika poytaxti Maxachkalada ham otishmada ikki jangari o'ldirilgan edi.