Amerika Davlat kotibi Reks Tillerson Anqarada Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bilan ko'rishdi. Ittifoqchilar "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi navbatdagi choralarni va qochqinlar bilan bog'liq tanazzulni muhokama qilmoqda.
Anqaradagi muzokaralarda quyidagilar haqida gaplashildi: Amerika boshliq kuchlar Suriyaning Raqqa shahrini "Islomiy davlat" guruhidan tortib olish uchun kurashi, jangarilardan tozalangan hududlarda tartibni tiklash va qochqinlar uylariga qaytishini ta'minlash.
Tillerson Prezident Rajab Toyib Erdog'an va Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho'g'li bilan ham ko'rishdi.
Amerika diplomati, shuningdek, Turkiyaning diniy peshvo Fathulla Gulenni ekstraditsiya qilish iltimosini muhokama qilgan. Turkiya hukumati nazarida o'tgan yili to'ntarish sodir etishga uringan kuchlar ortida Gulen turibdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5