Las-Vegasda shanba kuni hibsga olingan britaniyalik yosh yigit prezidentlikka respublikachi da'vogarni otib o'ldirmoqchi bo'lgan.
Dushanba kuni sudga yo'llangan hujjatga ko'ra, 19 yoshli Maykl Stiven Sandford o'tgan hafta Trampning La-Vegasdagi anjumaniga borgan.
O'sha atrofdagi politsiyachini gapga solib, Trampdan avtograf olish niyati borligini aytgan va to'satdan ofitserning to'pponchasini tortib olishga uringan.
"Sanford chamasi bir yildirki Trampni o'ldirishni rejalab yurganini tan olgan", - deyiladi sud hujjatlarida. Uni bu ishga nima majbur qilgani hali ma'lum emas.
Sandford avval qo'liga qurol olmagan. Shanba kungi marosimdan bir necha kun oldin quroldan o'q otishni mashq qilgan.
Hibsdan qo'yib yuborilsa, respublikachi tadbirkorni o'ldirishga harakat qilishda davom etaman, degan u. U o'z hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham, o'zi nobud bo'lsa ham, bu ishni oxiriga yetkazishga tayyor ekanini aytgan.
Sandfordning sudi 5-iyulga belgilangan.
U Amerikada noqonuniy ravishda yashab yurgan, vizasining muddati o'tib ketgan.