Johar Sarnayev “aybsizman” dedi

  • Amerika Ovozi

Boston federal sudi Sarnayevga 30 band bo'yicha ayblovchi o'qib eshittirgan.

Shu yilning 15-aprelida, Boston marafoni paytida portlashlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan Johar Sarnayev ayblovlarni rad etayapti.

Boston federal sudida unga 30 ayblov o’qib eshittirilgan, har biriga “aybsizman” deya javob qilgan u.

Unga, jumladan, ommaviy qirg’in qurolini ishlatganlik aybi qo’yilmoqda.

19 yoshli Sarnayev o’lim yoki umrbod qamoq jazosi bilan yuzlashishi mumkin.

Marafon paytidagi portlashlar uch odamni hayotdan olib ketgan, 260 dan ziyodi jarohatlangan.

Joharning akasi Tamerlan Sarnayev politsiya bilan otishmada halok bo’lgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Boston xurujlari izidan/Tsarnayev family story