G’arbda ko’pchilik Turkiyani Yaqin Sharqdagi demokratiya mayog’i deb biladi. Ammo Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining yangi hisobotiga ko’ra, Turkiya jurnalistlarni qamashda yetakchi davlatlardan biri.
Ayni damda 76 muxbir panjara ortida o’tiribdi, bu kasb egalariga qarshi minglab jinoiy ishlar qo’zg’atilgan.
Jurnalistlarga bosimni bas qiling, degan namoyishlar Turkiyada ko’p yillardan buyon kuzatiladi, lekin o’tgan bir yil ichida, ayniqsa, avj oldi.
Joriy yilda 100 ga yaqin muxbir turli jinoyatlarda ayblanib, ular sudlarda darbadar.
O’tgan oy Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an kurdlar masalasini yoritmang, deya ommaviy axborot vositalariga talab qo’ygan edi. Qamoqdagi jurnalistlarning ko’pi aynan bo’lginchilar haqida maqolalar yozgani uchun jazolangan.
2011-yilning mart oyida esa ko’zga ko’ringan ikki muxbir, Ahmet Shik va Nedim Sener, hukumatga qarshi fitnada ayblanib, hibsga olindi. Shik politsiya qanchalik korrupsiyaga botgani haqida kitob yozgan, Sener esa 2007-yilda Istanbulda hamkasbi Xrant Dink o’ldirib ketilgani haqida maqolalar chop etgan.
Nina Ognianova Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasida ishlaydi. Uning mahalliy faollarga tayanib aytishicha:
“2011-yilning so’nggida Turkiyada jurnalistlarga qarshi 3-5 minggacha jinoiy ishlar qo’zg’atilgan. Ularga turkiylikni haqoratlashdan tortib sud jarayonlariga ta’sir o’tkazishgacha bo’lgan turli ayblar qo’yilgan”.
Ahmet Shik va Nedim Sener 13 oy turmada o’tirib chiqishdi, lekin ular ustidan tergov haliyam to’xtagani yo’q. “Amerika Ovozi” bilan suhbatda, Ahmet Shik xalqaro bosim ish berayotganini aytadi.
“Bizni Bosh vazir Erdog’anning maxsus buyrug’i bilan qo’yib yuborishdi”, - deydi u.
Turkiya hukumati “Amerika Ovozi” ga bu ikki muxbir ishi yuzasidan va mamlakatda so’z erkinligi bilan bog’liq ahvol to’g’risida izoh berishni lozim topmadi.
Yevropa Ittifoqining bildirishicha, Turkiya shu yo’ldan boraversa blokka a’zo bo’lishi yanada qiyinlashadi. Qo’shma Shtatlar ham noroziligini yashirmaydi.
AQShning Anqaradagi elchisi Fransis Rikardionega ko’ra, jurnalistlar orasida qo’rquv seziladi. “Nozik mavzuni yoritganlar ishidan ayrilishi, ta’qibga uchrashi qamoqqa olinishi yoki xavfsizlik xizmatlari tomonidan so’roq qilinishi mumkin”, - deydi u.
Xalqaro tanqidlar natija berayapti va Turkiyada so’z erkinligi ta’minlanishiga xizmat qilayapti deyishga hali erta. Namoyishalar davom etmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5