Iyun oyidagi ommaviy namoyishlardan oldin Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an kurdlar mojarosini hal qilish ilinjida edi. Ammo bugun Kurdiston ishchilar partiyasi bilan kelishuv yo’lida qator to’siqlar paydo bo’lgan.
Joriy oy boshida kurdlarning Tinchlik va Demokratiya partiyasi rahbari Salohiddin Demirtosh hukumat bilan tinchlik muzokaralari boshi berk ko’chaga kirib qolgani va zo’ravonliklar qayta boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Partiyamiz, deydi u, buni bartaraf etishga harakat qilmoqda.
Ayrim tahlilchilar nazarida yoz boshida Erdog’an va uning boshqaruviga qarshi norozilik aksiyalari bosh vazirni esankiratib qo’ydi, uni o’z tarafdorlariga yon bosishga majbur qildi. Natijada Erdog’anda kurd talablarini bajarishga avvalgidek ishtiyoq sezilmayapti.
Ayni damda rasmiy Anqara qisqacha PKK nomi bilan tanilgan Kurdiston ishchilar partiyasini o’z qo’shinlarini mamlakatdan to’liq olib chiqmaganlikda ayblasa, kurdlar deydiki, hukumat islohot va’dasini boshlamadi.
Tadqiqotchi Sinan Ulgen nazarida tinchlik jarayoniga tayanch bo’lib turgan kuchli omillar bor, lekin har ikki tomonda yangrayotgan xunuk gaplar aholi orasida qo’rquv uyg’otmoqda.
“Hozir eng muhim savol shuki, agar muzokaralar izdan chiqsa, kim javobgar bo’ladi? Agar Kurdiston ishchilar partiyasini ayblashsa va bu guruh qo’liga yana qurol ko’tarsa, mintaqaviy va xalqaro hamkorlari undan yuz o’giradi. Agar aybni Turkiya hukumatiga to’nkashsa, xavfsizlik bobida katta muammolar bilan yuzlashamiz”, - deydi Ulgen.
Minglab odamning boshini yegan 30 yillik mojaroga nuqta qo’yish maqsadida Anqara yil boshida PKK yetakchisi Abdulla O’jalon bilan muzokara boshlagan edi.
Ko’p o’tmay sulhga erishildi va kurd isyonchilari Turkiyadan Iroq shimolidagi bazalariga ketadigan bo’ldi. O’z navbatida, Erdog’an hukumati 1-sentabrga qadar islohot dasturini e’lon qilishi kerak.
Ertugrul Kurkchu, kurdlar partiyasining parlamentdagi a’zosining aytishicha, tinchlik muzokaralari to’xtab qolgan taqdirda ham zo’ravonlikka qaytish yo’q.
“PKK guruhi o’z strategiyasini yangilangani rost, ya’ni bundan buyon talablarini tinch namoyishlar orqali olg’a suradi. Qo’lga qurol olish, shahar-qishloqlarda yashirinib, qurolli kurash olib borishdan voz kechganmiz. Kurd harakati yangi yo’ldan boradi”, - deydi qonunchi.
Ammo guruhning Iroq shimolida joylashgan a’zolari urushga qaytishdan voz kechmagani aytiladi. Kuzatuvchilar fikricha, kurd ozodlik harakati safida muhokamalar ketayotgan bo’lsa ajabmas.
Soli Ozel Istanbulning Kadir Xas universitetida siyosatdan dars beradi. U mintaqadagi umumiy manzaraga e’tibor qaratadi.
“Kurd dunyosida kechayotgan jarayonlarni ham ko’zdan qochirmaylik. Suriya kurdlari, Iroq kurdlari, PKK faoliyati… bularning hammasini hisobga olmoq zarur, chunki hammasi bir-biriga chambarchas bog’liq. PKK masalasi haqida gapirganda, Suriya va Iroqni ham tilga olmasdan iloj yo’q”, - deydi Soli Ozel.
Turkiya yarim-avtonom Iroq Kurdistoni bilan chegaradosh. Fuqaro urushi ketayotgan qo’shni Suriyada esa kurdlar mamlakatning ayrim qismlarini egallab olgan.
Tahlilchilar deydiki, qahraton kelishi bilan Turkiyada PKK isyonchilari odatda janglarni to’xtatib, bazalariga qaytadi. Demak, tinchlikka erishish uchun kelasi yil bahorgacha imkoniyat bor.
Your browser doesn’t support HTML5