Turkiya hukumati xalq orasida obro’ga ega odamlardan tarkib topgan “donolar qo’mitalari”ni tuzishga qaror qildi. Maqsad - yaqinda rasmiy Anqara va kurd isyonchilari o’rtasida boshlangan tinchlik muzokaralarini odamlarga tushuntirish va ularni ham jarayonga jalb etish. Biroq ayrim tomonlar tashabbusni jiddiy tanqid qilmoqda.
Turkiya hukumati tuzgan “donolar qo’mitalari”ga xalq orasida obro’-e’tibor qozongan 63 kishi tanlandi. Saflarida aktyoru yozuvchilar, kasaba uyushmalari rahbarlari va jurnalistlar bo’lgan bu guruh hukumat qo’shinlari va Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) o’rtasida tinchlik o’rnatilishiga hissa qo’shadi. Istanbuldagi Bog’chashahar universitetidan siyosatshunos Chingiz Aktar bu qarorni ijobiy baholaydi.
“Bu juda yaxshi tashabbus. Turkiyaliklar muzokaralar haqida bilishi kerak. Odamlar orasida qiziqish katta. Ba’zilar ehtiyotkorlik bilan yondashsa, boshqalar tinchlik o’rnatilishiga ishonmayapti. Shuning uchun jamoatchilik xabardorligini oshirish yaxshi. Ijobiy qadam bu,” - deydi u.
“Donolar” bir necha guruhga bo’linib, Turkiyaning yettita viloyatiga safar qiladi. Hukumat o’tkazgan so’rovga ko’ra, PKK ning hibsdagi rahbari Abdulla O’jalon bilan tinchlik muzokaralari haqidagi xabar Kurdistonda yaxshi kutib olingan. Ayni vaqtda mamlakatning boshqa hududlarida bu borada yakdillik yo’q, muzokaralarni ozchilik qo’llab-quvvatlamoqda.
“Donolar” mahalliy fuqarolar guruhlari va siyosiy partiyalar bilan uchrashmoqda. Yozuvchi Sibel Eraslan fikricha, tashabbusning ijobiy jihati guruhlar vakillarining turli-tumanligida.
“Farq va tafovutlarni chetga surib, birga ishlashga qaror qilganimiz katta ahamiyatga ega. Birinchi yig’inning o’zida turli siyosiy qarashdagi odamlar qatnashdi. Bu ijobiy hol, albatta”, - deydi suhbatdosh.
Biroq kurdlarni qo’llab-quvvatlovchi Tinchlik va demokratiya partiyasi vakillari “donolar qo’mitalari” saflarida kurdlar kamligiga ishora qilmoqda.
Muxolifatdagi Respublikachilar xalq partiyasi rahbarlaridan biri Goxan Gunaydin yangi tuzilgan qo’mitalar hokimiyatdagi Adolat va taraqqiyot partiyasi manfaatlarini himoya qilayotganini ta’kidlaydi.
“Ular Turkiya bo’ylab sayohat qilib, hukmron partiyani targ’ib qilmoqda. Bu odamlar mustaqil bo’lishi kerak. Tarafkashlik qilmasin. Qo’mitalarga tanlanganlarning mustaqilligi yuzasidan jiddiy shubha bor,” - deydi u.
Xullas, tinchlik muzokaralari boshlanmay turib, partiyalar orasida ziddiyatlar kuchaygan. Muxolifat hokimiyatdagi partiyani o’z manfaatlarini ilgari surayotganlikda ayblamoqda. Bunday holatda tinchlik jarayoni to’xtab qolishi hech gap emas, deydi kuzatuvchilar.
Siyosatshunos Aktar jarayonning ochiq bo’lishi muhimligini aytadi.
“Siyosat iloji boricha shaffof bo’lishi kerak. Unda barcha partiyalar qatnashsin, butun jamiyat jalb etilsin. Sulh, iqtisodiy taraqqiyot, kurdlar vakolatlarini oshirish, qochqinlarni mamlakatga qaytarish, siyosiy mahbuslarga amnistiya berib, konstitutsiyaga o’zgartishlar kiritish masalalarini ochiqchasiga muhokama qilaylik”.
Anqaradagi rasmiylar “donolar qo’mitalari”dan maqsad aynan shaffoflikni ta’minlash, deya ta’kidlamoqda. Tanqidchilar esa O’jalon bilan muzokaralar maxfiy tarzda olib borilar ekanmi, demak shubhalar ham yo’qolmaydi, deydi.
Siyosiy mojarolar bo’yicha mutaxassis, “Milliyet” gazetasining sharhlovchisi Kadri Gursel tinchlik jarayonini kengaytirish kerak, deydi.
“Muzokaralarga kurdlar harakatining kattaroq qismi, xususan harbiylar hamda Kurdiston ishchilar partiyasining Yevropadagi qanotini jalb etish lozim. Ularning haqiqiy muntazam ishtirokisiz, faqat O’jalon bilan olib borilgan muzokaralar samarali bo’lmaydi,” - deydi u.
Kelasi ikki oyda “donolar” mamlakatning turli hududlarida odamlar bilan uchrashib, kurd va turklar orasidagi tinchlik jarayonini muhokama qiladi.