7-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida yuz minglab odam Prezident Rajab Toyib Erdog’an bilan birdam ekanini namoyish etish uchun ko’chaga chiqdi. Namoyishchilar 15-iyul davlat to’ntarishiga qo’l urgan vatandoshlarini qoraladi.
Hukumatga qarshi fitnada 270 dan ziyod odam o’lgan, shulardan 34 nafari fitnachilar ekani aytilmoqda.
Istanbulning Yenikapi, ya’ni “yangi darvoza” maydonidagi namoyish xavfsizligini 15 ming politsiyachi ta’minlagan. Erdo’gan kurd manfaatlarini himoya qiluvchi Xalq demokratik partiyasidan tashqari barcha muxolif guruhlar rahbarlarini tadbirga taklif etdi.
"Hukumatimizni, davlatimizni izdan chiqarishga uringan shaxslarni, ular ortida turgan davlatlarni fosh etamiz", - deya ta'kidladi prezident.
Erdog'an o'z nutqida o'lim jazosini tiklashga qarshi emasligini yana bir bor eslatdi.
Xorijdagi turklar ham kichikroq namoyishlar uyushtirdi. Jumladan, AQShning Vashington, Nyu-York va boshqa shaharlarida.
Turkiya hukumati Amerikada yashayotgan sobiq imom Fathulla Gulenni davlat to’ntarishiga harakat ortida turganlikda, AQShni esa unga bu ishda yordam berganlikda ayblamoqda.
AQSh poytaxti Vashingtonda, Oq uy oldida namoyish:
Your browser doesn’t support HTML5