Turkmanistonda markaziy bankning 10 xodimi, jumladan, qator yirik arboblar korrupsiyada aybdor topilib, 15 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etildi.
Jarayon ochiq o’tib, davlat televideniyesida namoyish etilgan. Ayblanuvchilar qurilish loyihalari uchun qariyb 5 million dollar pora undirishga uringan, deyiladi hukmda.
Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov 2006 yilda davlat tepasiga kelganidan beri ilk bor Turkmanistonning 5,4 million kishilik ommasi bunday ochiq sud ishiga guvoh bo'ldi.
Kuzatuvchilar fikricha, Berdimuhammedov davrida adliya tizimi ancha isloh qilingan va bugunga kelib nisbatan oshkora faoliyat yuritmoqda.
Jinoiy ishlar haqida ma'lum qilib, hukumat korrupsiyaga qarshi kurashayotganini ko’z-ko’z qilmoqda.
Lekin yulg'ichlik chuqur ildiz otgan jamiyatda bir necha amaldorning jazoga tortilishi xamir uchidan bir patir.
Turkmanistonda iqtisodiy jinoyatlar uchun ko’pi bilan 15 yil beriladi.