AQShdagi 2 musulmon tashkiloti Birlashgan Arab Amirliklarining terrorchilar ro'yxatida

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Arab Amirliklari

Birlashgan Arab Amirliklari terrorchi tashkilotlar ro'yxatini e'lon qilib, unda al-Qoida, "Islomiy davlat" kabi guruhlar safida AQShdagi ikki musulmon tashkiloti ham tilga olingan.

Davlat departamentining javobi shuki, nufuzli ikki guruh - Vashingtondan asoslangan Amerika-Islom aloqalari kengashi (Council of America-Islamic Relations) va Musulmon Amerika jamiyati (Muslim American Society) terrorchi tashkilotlar emas.

Vashington Birlashga Arab Amirliklari bilan bog'lanib, ro'yxat yuzasidan tushuntirish so'ragan.

80 dan ziyod guruhni o'z ichiga olgan ro'yxatda Boko Haram, Musulmon Birodarlar kabilar bor.

Amerika-Islom aloqalari kengashi va Musulmon Amerika jamiyati hayron va izoh talab qilmoqda.