AQSh Oliy Sudi Kubadagi Guantanamo harbiy qamog'ida to'qqiz yildan beri saqlanayotgan besh uyg'ur apellyatsiyasini rad etgan. Bir necha yil burun oqlanganiga qaramay sud ularning AQShga kirish iltimosini qondirmagan.
Uyg'ur mahbuslariga bir necha bor Palau oroli yoki boshqa davlatga ko'chish taklif qilingan edi, biroq ular AQShdan boshqa joyga bormaymiz deb oyoq tirab olgan.
Xitoy bu odamlarni BMT terrorchi tashkilot deb belgilagan Sharqiy Turkiston islomiy harakati a'zolari deb, AQShdan ularni chiqarishni so'ragan, biroq rad javobini olgan. AQSh mahbuslarning Xitoyda qiynoqqa solinish ehtimolidan xavotirda.
Guantanamoda saqlanib, so'ng oqlangan boshqa uyg'ur mahbuslari shu kungacha Albaniya, Bermuda, Palau va Shveysariyaga ko'chirilgan.
Xitoy bu odamlarni terrorchi deb, AQShdan ularni chiqarishni so'raydi.