Breaking News

Ikki uyg’ur mahbus Salvadorda panoh topdi


"Uyg'urlar qamoqqa tashlangani - avval boshdan xato edi"
"Uyg'urlar qamoqqa tashlangani - avval boshdan xato edi"

Pentagonning bildirishicha, ikki uyg’ur Guantanamo qamog’idan qo’yib yuborilib, Salvadorda panoh topgan. Ular biror ayblovsiz 10 yildan oshiq hibsda saqlab kelingan edi.

Xitoy hukumati uyg’urlarni vatanga qaytarishni talab qilgan, lekin Vashington ular ta’qib va qiynoqlar bilan yuzlashishi mumkin, deya talabni rad etgan.

Yana uch uyg’ur Guantanamodan chiqishga ruxsat olgan, qayerga jo’natilishi hozircha aniq emas. Uyg’urlar 2001-yilda Pokiston-Afg’oniston chegarasi yaqinida ushlangan.

Rasmiy Pekin bu elat vakillarini mamlakatda xurujlar, qo’poruvchilik faoliyatida ayblab keladi.

Uyg’ur huquq himoyachisi Nuri Turkel nazarida mahbuslar 2003-yildayoq qo’yib yuborilishi mumkin edi.

“Uyg’urlarni Guantanamoga tashlash qarori boshidanoq xato edi. Bush va Obama ma’muriyatlari paytida bu millat ichki va tashqi siyosat qurboniga aylandi”, - deydi faol Nuri Turkel.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG