Dunyoning ayrim davlatlarida korrupsiya muzeyi bo’lib, Ukraina ulardan biridir. “Amerika Ovozi” bir paytlar sobiq prezident Viktor Yanukovichga tegishli bo’lgan qarorgoh - prezident saroyini ko’zdan kechirdi.
Ukrainadagi inqilob ortidan bu qarorgoh yana davlat ixtiyoriga qaytarildi, “Mejigirya” milliy bog’iga aylantirilgan. Ammo xalq orasida bu qarorgoh milliy bog’ emas, korrupsiya haqidagi muzey sifatida mashhur.
Kiyevdan uncha uzoqda bo’lmagan bu so’lim joy avvaldan davlat qarorgohi maqomida bo’lib kelgan. Yanukovich davrida kengaytirilgan, xususiylashtirilgan va aholi uchun yopiq bo’lgan maxfiy hududga aylantirilgan.
Ta’bir joiz bo’lsa, Prezident Mirziyoyevga tegishli Shovozzoydagi qasr bugun qanchalik maxfiy qolayotgan bo’lsa, Yakunovichga tegishli bu saroyning maxfiylik maqomi ham bir paytlar bundan kam bo’lmagan. Ammo tajriba sirlar, maxfiylik ham ertami, kech baribir ochiqlanishini ko’rsatmoqda.
“Amerika ovozi” bugun bir paytlar sobiq prezident Viktor Yakunokovichga tegishli bo’lgan, ayni paytda esa xalq orasida korrupsiyaga qo‘yilgan muzey sifatida tanilgan shu qarorgoh bo’ylab sayohatga taklif qiladi.