Yevropa Ittifoqi: Rossiya juda haddidan oshib ketdi

  • Amerika Ovozi

Poroshenko va Barroso, 30-avgust, Bryussel

Bryusselda Yevropa Ittifoqi va Ukraina rahbariyati orasida muzokaralar kechdi. Yevropa komissiyasi, ya’ni parlamenti raisi Joze Manuel Barroso deydiki, Ukrainada vaziyat izdan chiqib ketgan, Rossiya haddidan oshar ekan, blok keskin choralar qo’llashga majbur.

Mojaroga hamon siyosiy yechim topish mumkin biroq Kreml separatist kuchlarni qurollantirib, Ukraina tinchligiga raxna solar ekan, jim turish vijdondan emas, deydi Barroso.

O’tgan hafta janglarda ukrain armiyasi ustun kelayotgan edi. Lekin Rossiya bo’lginchilarga yordamni oshirgan va natijada ular bir necha shaharlardan ukrain askarlarini quvib chiqargan.

Ukrainaga tegishli Su-25 rusumidagi qiruvchi samolyot otib tushirilgan.

Poroshenko ma’muriyati Ukraina NATOga a’zolikka kirish borasida jiddiy qadamlar tashlashga tayyor deya bildirmoqda.

Kiyev G’arbdan konkret harbiy yordam so’ramoqda.

Rossiya esa Ukrainani sharq aholisini ezayotganlikda, unga nisbatan fashistlarcha munosabatda bo’layotganlikda ayblamoqda.

NATO taxminicha, Ukraina sharqida hozir Rossiyaning kamida bir ming zobiti bor va ular noqonuniy harbiy amaliyotlar bilan band. Chegaraning narigi tomonida esa minglab askar jangga shay holatda turibdi, deydi NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen, Rossiya kuchlariga ishora qilib.