Ukraina poytaxti Kiyevda hukumatning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishdan voz kechish qaroriga norozilik bildirgan minglab odamlar namoyish qilmoqda. 100 mingdan ziyod ukrainalik hukumatning namoyishlarga qo’ygan taqiqiga qaramay ko’chaga chiqqan.
Prezident Viktor Yanukovich shu hafta Vilnyusda o’tgan Yevropa Ittifoqi sammitida bu tashkilot bilan erkin savdo bitimini imzolamadi. U Rossiya bilan munosabatlarni kuchaytirishni afzal ko’rdi.
Yevropa axborot agentliklariga ko’ra, Rossiya oktabr oyida gaz uchun qarzga botgan Kiyevdan bir milliard dollar qarzini to’liq uzishni talab qilgan, aks holda tabiiy gazni butunlay uzib qo’yish haqida do’q-po’pisa qilib, Ukraina hukumatini chorasiz ahvolda qoldirgan.
Namoyishchilar Yanukovichni iste’foga chaqirmoqda. Ularning bir guruhi bugun prezident saroyiga yurish qilgan. Yana ba’zilari shahar meriyasini ishg’ol qilgan. Militsiya ularni tarqatish uchun ko'zni yoshlantiruvchi gaz va karaxt qiluvchi granatalarni ishga solgan.
Yuzga yaqin militsioner jarohat olgan. Oz sonli namoyishchilar va bir necha jurnalist ham tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. Tartibsizliklarda qo'li bor bir necha faol hibsga olingan.
Muxolifat yetakchilaridan biri Yuriy Lustenkoning aytishicha, mamlakatda inqilob boshlangan. Ukraina 2004-yilda Qo'ng'ir inqilobni boshdan kechirgan edi.