BMT mazkur xalqaro tashkilot insonparvarlik kuchlari va Fransiya askarlari Markaziy Afrika Respublikasida ayollar va qizlarni zo'rlagani haqidagi da'volarni tekshirishga va'da bermoqda.
Xususan, uch qizaloqning aytishicha, fransuz harbiy qo'mondoni ularga kuchuklar bilan jinsiy aloqaga kirishni buyurgan.
Amerikaning BMTdagi elchisi Samanta Pauer bu qizlardan ayrimlarining oilalari bilan ko'rishdi. Uning aytishicha, askarlar xizmatidan bo'shatilgan, biroq rahbarlar bu shaxslarni javobgarlikka tortishi kerak.
"Askarlar faqat harbiy formada ekani uchun jazosiz qolaman deb o'ylamasin", - deydi Pauer. "Bu harbiylar qaysi davlatdan bo'lmasin, jazosini olish muhim", - deydi u.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bu ayblovlardan dashatda ekanini aytmoqda.
Fransiya mazkur da'volar asosli ekani isbotlansa, askarlarni qattiq jazolashga va'da berdi.