BMT Keniyaga yordamni kesdi

  • Amerika Ovozi

BMT Keniyaga yordamni kesdi

Keniya-Somali chegarasida xalqaro tashkilot – "Chegara bilmas shifokorlar"ning ikki xodimasi o’g’irlab ketilgach, BMT hududdan o’z ishchilarini olib chiqa boshladi.

Gap dunyodagi eng katta qochqinlar lageri haqida ketmoqda.

Somalidagi ochlik, qurg’oqchilik va urushdan bosh olib ketgan 500 ming odam Keniyaning Daab lagerida jon saqlaydi.

BMT Keniyaga yordamni kesdi

Xavfsizlik ta’minlanmas ekan, insonparvarlik yordami uzatishga ojizmiz, deydi BMT rasmiylari.

Keniya politsiyasi taxminicha, Somalidagi al-Shabab jangari guruhi haydovshici otib, ispaniyalik ikki shifokor ayolni olib qochgan.

Sal avval ham Somali-Keniya chegarasida Britaniya va Fransiya fuqarosi o’g’irlab ketilgan edi. Ular hamon Somalida ekani ma’lum.