Suriyalik bir milliondan ziyod bola bugun qochqin

  • Amerika Ovozi
BMTning ogohlantirishicha, uch yildan beri urushga tortilgan Suriyada ko’plab bolalar surunkali ruhiy stressda yashaydi, maktabga qatnamaydi, ota-onalaridan yiroqda yashashga majbur.

Ular majburiy mehnat qurboniga aylanmoqda.

BMT Qochqinlar agentligi 1 milliondan ziyod suriyalik bola qochoqqa aylanganini aytmoqda. 75 foizi 12 yoshga yetmagan.

Ko’pi urushdan chetda, Livan va Iordaniyada yashayotgan bo’lsa-da, mojaro asoratlarini har kuni sezadi.

BMT donor davlatlarni yordamni oshirib, qochqin oilalarni qo’llab yuborishga undayapti.

Oilalar oyoqqa tursa, bolalar sog’ayadi, deydi xalqaro tashkilot xodimlari.