Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yillik sessiyada Afg'oniston, Markaziy Osiyoda suv taqsimoti va mamlakat siyosati haqida gapirdi.
Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida Markaziy Osiyo respublikalaridan asosan tashqi ishlar vazirlari va boshqa yetakchi diplomatlar qatnashmoqda.
Qirg’izistondan parlament raisi Asilbek Jeenbekov ikki kun oldin so’zga chiqib, yurtidagi konstitutsion o’zgarishlar haqida gapirgan bo’lsa, O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov asosan uch masalani ko’tardi.
Afg'oniston
Birinchidan, deydi u, dunyo ahli vaqtni boy berayapti. Tub muammolarga konkret yechimlar qidirmayapmiz, deydi Komilov.
Diplomatning ta’kidlashicha, O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 1993-yildan beri Afg’onistonga e’tibor qaratib keladi va bugungacha ham bu borada o’z takliflarini olg’a surib kelmoqda.
Masalaga vaqtida diqqat qaratilmagani sabab ekstremizm, radikalizm, qoradori savdosi va butun mintaqa tinchligiga raxna solmoqda, deydi Komilov.
O’zbekiston Afg’onistonda murosa va koalitsion hukumat tarafdori, deydi u. Har bir din va etnik guruh manfaatlari aks etgan tuzum, deya qo’shadi Komilov.
Markaziy Osiyoda suv taqsimoti
Diplomat dunyoda ob-hayot muhofazasi bo’yicha qabul qilingan qaror va konvensiyalarni eslatib, mintaqada vaziyat og’ir, respublika kelajakda xavotirda, dedi.
Toshkent pozitsiyasi shuki, Markaziy Osiyoni suv bilan ta’minlovchi Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismida joylashgan davlatlar, ya’ni Qirg’iziston va Tojikiston, yangi gidro-inshootlar barpo etib, O’zbekistondek katta mamlakat hayotiga va butun mintaqa ekologiyasiga xavf solmoqda.
Tojikiston ko'zlagan loyihalar anchadan beri Jahon Banki tahlili ostida. Lekin bu ekspertiza xulosalari qachon e'lon qilinadi, noma'lum.
Rossiya yangi inshootlarni quvvatlayotgan bo'lsa, AQSh ta'biricha Jahon Bankidek xalqaro tashkilotlar maslahati ostida ish tutish kerak.
O’zbekiston tashqi siyosati
Komilov mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka alohida to’xtaldi.
O’zbekistonning bugungi tashqi siyosatidagi tamoyillarni qayd etdi:
- O’z manfaatlarini hamma narsadan ustun qo’ygan holda respublika turli ittifoq, tashkilot, hamdo’stliklarga kirishi yoki ularni tark etishi mumkin. Bunda davlat va xalq uchun eng muhim maqsadlar hisobga olinadi.
- O’zbekiston biror harbiy-siyosiy blokka kirmaydi va bu yo’ldan ketayotgan tashkilotlardan chiqadi.
- O’zbekiston mojarolarni siyosiy va iqtisodiy choralar orqali hal etish tarafdori. Uning hududi chet davlat harbiy kuchlari uchun ochiq emas va biror baza joylashishiga yo’l qo’yilmaydi.
- O’zbekiston qurolli kuchlari xorijdagi biror harakatlarda qatnashmaydi.
- Markaziy Osiyodagi muammolar shu mintaqa davlatlari tomonidan hal etilishi kerak. Tashqaridan hech kim aralashmasin. O’zbekiston o’z qo’shnilari bilan ochiq, do’stona va pragmatik aloqa qilishni, oradagi siyosiy, iqtisodiy va ekologik masalalarni hamjihatlikda hal etib, konstruktiv muloqot va xalqaro qonunlar asosida hamkorlik qilish tarafdori.
Respublika, deydi Komilov, har sohada BMT bilan yaqindan ishlashni istaydi.
Nutq, ingliz tilida:
Your browser doesn’t support HTML5