BMTdagi uchashuvlar
Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi o’tar ekan, Markaziy Osiyoning besh respublikasidan kelgan arboblar bu yig’indan tashqarida Qo’shma Shtatlar diplomatlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) ushbu uchrashuvlarga bosh-qosh.
Yetakchi diplomatning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, xususan Qozog’iston bilan strategik hamkorlik tahlil ostida.
Mintaqadan kelgan vakillar bilan Afg’oniston va xavfsizlikdan tortib, iqtisodiy hamkorlik, inson huquqlari va demokratiya targ’iboti, hammasi muhokamada.
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) ushbu uchrashuvlarga bosh-qosh.
Yetakchi diplomatning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, xususan Qozog’iston bilan strategik hamkorlik tahlil ostida.
Mintaqadan kelgan vakillar bilan Afg’oniston va xavfsizlikdan tortib, iqtisodiy hamkorlik, inson huquqlari va demokratiya targ’iboti, hammasi muhokamada.
“Afg’onistondagi askarlarimizga zarur mahsulotlar yetkazib beradigan Shimoliy Ta’minot Tizimini mustahkamlashda davom etamiz. Terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va nihoyat AQSh kompaniyalari uchun mintaqada biznes imkoniyatlar ochish va sharoitni yaxshilash… Shuningdek, inson huquqlari va erkinlik bilan bog’liq masalalar. Mintaqada e’tiborni shularga qaratayapmiz",- deydi diplomat.
AQSh-O'zbekiston, da'volar asossiz
Bleykning O’zbekistonga shu yilning avgust oyida qilgan safari AQSh bu mamlakatda harbiy baza ochishi mumkin degan taxminlarni yanada kuchaytirib yubordi. Rossiya matbuotida bu borada ko’plab maqolalar bosildi. Amerika rasmiylari bu da’volar asossiz deydi. Ayrim ishonchsiz manbalar iddao qilayotganidek yashirin kelishuvlar yoki pinhona rejalar yo’q, deydi diplomatlar.“Avgust oyidagi uchrashuvlardan keyin ham so’rashganida, bu taxminlarni inkor etganman, hozir ham shuni aytaman. O’zbekistonda harbiy baza ochish niyatimiz yo’q. Lekin respublikaning Shimoliy Ta’minot Tizimidagi rolini yuqori baholaymiz. O’zbekiston Afg’onistonni elektr toki bilan ta’minlamoqda. Bu ham tahsinga loyiq. Shuningdek, O’zbekiston bilan boshqa sohalar, xususan huquq va demokratiya, fuqaro jamiyati barpo etish singari masalalarda birga ishlashga harakat qilayapmiz. Shu yo’lda davom etamiz”,- deydi Bleyk.
Mintaqa uchun qancha mablag' ajratilmoqda?
Obama ma'muriyati asosiy diqqat notinch Afg’oniston va u bilan bog’liq hamkorlikda ekanini ochiq tan oladi. Vashington mintaqaviy birdamlik, Janubiy va Markaziy Osiyo orasidagi savdo yo’llarini kengaytirish, hamkorlikni oshirish yo’lida yordamga tayyor ekanini qayd etib kelmoqda. Lekin AQSh olg’a surayotgan Yangi Ipak Yo’li uchun moliya ajratilmagan, alohida loyihalarga mablag’ beriladi xolos.Amerika moliyaviy jihatdan qiyin bir davrni boshdan kechirmoqda, deydi Bleyk, lekin Markaziy Osiyo davlatlari uchun rejalangan yordam puli qirqilmagan.
“Bu shundan dalolat beradiki, mintaqa biz uchun muhim… Barcha respublikalar bilan yaqindan ishlash, har sohada hamkorlik qilishga bel bog’laganmiz.
Gap bu yerda AQShning 2013-yildagi byudjeti haqida ketmoqda. Janubiy Osiyoda eng ko’p pul Afg’oniston (4,6 milliard dollar) va Pokistonda (2,4 milliard dollar) sarflanadi.
Markaziy Osiyoda Qirg’iziston bu borada yetakchi o’rinda. Kelasi yili AQSh bu davlatga 46,7 million dollar rejalagan. Tojikiston uchun 37,4 million, Qozog’iston 14,9 million, O’zbekistonga 12,6 million, Turkmanistonga esa 6,7 million.
Qirg'izistondagi o'zgarishlar
Qirg’iziston parlamenti spikeri Asilbek Jeenbekov yaqinda Vashingtonga safar qildi. Kongress, Oq Uy va Davlat departamentida bo’lib, Bishkekdagi o’zgarishlarni tushuntirdi.“Qirg’izistonda yangi bosh vazir, yangi tashqi ishlar vaziri… Biz ular bilan ishlashga shaymiz... Hukumat tinch yo’l bilan o’zgarganidan mamnunmiz. Bu Qirg’iziston demokratik yo’ldan ketayotganini anglatadi. Bu davlat parlament tizimiga o’tganini biz boshidan olqishlab kelayapmiz",- deydi Bleyk.
"Yana bir muhim masala bu respublikada etnik hamjihatlikni quvvatlash. Shuningdek, iqtisodni oyoqqa turg’azish. Boshqaruvni yaxshilash kerak. Barcha sohada yordamga tayyormiz va berib kelayapmiz ham”.