Breaking News

Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak


Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak/US-Central Asia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:25 0:00
Yuklab oling

Kongress: Markaziy Osiyoda huquq va demokratiya targ'ibotini oshirish kerak/US-Central Asia

Yaqinda AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi vakillari Markaziy Osiyo bo'ylab safarda bo'ldi. Respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) boshliq delegatsiya Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda prezident va vazirlar bilan uchrashdi.

Aloqalarda Afg'onistondagi vaziyat, urushni tugatish rejasi va mintaqa davlatlari bilan bu borada ishlash asosiy o'rinda. Lekin qonunchilar va diplomatlarning qayd etishicha, inson huquqlari va demokratiya targ'iboti, shuningdek, biznes va iqtisodiy hamkorlik ham chetda qolmayapti.

Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat bilan AQSh Kongressida Vakillar Palatasi Tashqi aloqalar qo’mitasining Yevropa va Yevrosiyo bo’yicha quyi qo’mitasi shug’ullanadi. Den Berton, Indiana shtatidan keksa respublikachi, ayni damda bu organ raisi.

Qonunchi va uning yetakchiligidagi boshqa arboblar Markaziy Osiyodan bag’oyat boy va chuqur taassurotlar bilan qaytdi. Mintaqa poytaxtlari ko’rkam, xushmanzara va taraqqiy etgan davlatlarnikidan qolishmas ekan, deydi Berton. Hukumatlar delegatsiyani quchoq bilan kutib olgan.

Kongressmen nazarida, Amerika Markaziy Osiyo bilan real va amaliy hamkorlikka urg’u berishi kerak. Sharqu g’arbni bir-biriga bog’lovchi bu strategik mintaqa Afg’onistondagi harbiy harakatlarni quvvatlash va yakunlashda muhim rol o’ynamoqda, deydi u.

Lekin 2014-yildan keyin nima bo’ladi? Tinch va barqaror Afg’onistondan hamma manfaatdor, ayniqsa qo’shni Markaziy Osiyo, ammo bu mintaqa ham xavfsiz va farovon bo’lishi uchun Amerika yordamni oshirmasa bo’lmaydi, deydi Berton.

Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyo xalqlarini har tomonlama quvvatlashi, nafaqat rahbarlar bilan yaqindan ishlashi, balki fuqaro jamiyati va oddiy aholi dardiga quloq tutishi kerak, deydi kongressmen.

“Vashington inson huquqlari va demokratiya targ’ibotini chetga surib qo’ygan degan noto’g’ri tushunchani yengishimiz lozim”, - deydi Berton.

Mintaqada Rossiya va Xitoy ulkan ta’sirga ega ekan, Amerika o’ziga xos bir rol o’ynashi, konkret strategiyaga asoslangan holda konkret loyihalarni amalga oshirishi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilovchi dasturlar bilan chiqishi kerak, deydi respublikachi arbob.







Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Kapitoliy, AQSh qonunchilik organi Kongress joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Nyu-York shtatidan demokrat kongressmen Gregori Miks (Gregory Meeks) uning fikriga qo’shiladi. Hukumatlar bilan hamkorlikda barcha sohalarga teng e’tibor berish kerak, deydi u, toki mintaqaning har bir o’lkasida erkinlik shamoli essin, jamiyatlar oshkoralik tomon qadam tashlasin, demokratik orzular ro’yobga chiqsin.

Ogayo shtatidan respublikachi qonunchi Jin Shmit xonim (Jean Schmidt) fikricha, AQSh O’zbekiston va Tojikiston singari huquq muntazam ravishda buziladigan davlatlarda qonun ustuvorligi va mustaqil adliyaga ko’proq ahamiyat qaratishi kerak.

Hukumatlar bilan bu borada ochiqchasiga gaplashish, hamkorlikni kengaytirish evaziga demokratiya targ’ibotini ham oshirish kerak. AQSh, shuningdek, tabiiy zaxiralarga boy Markaziy Osiyoga bu mahsulotlarni jahon bozoriga osonroq olib chiqishi uchun ko’maklashishi lozim, deydi u. Gapdan ishga o’tish kerak, deydi Kongress a’zosi.

Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)
Vakillar Palatasida tinglov, Vashington, 23-iyul, 2012 (Suratni kattalashtirish mumkin)
Pensilvaniya shtatidan respublikachi qonunchi Tom Marino korrupsiyaga qarshi kurash birinchi o’rinda turishi kerak degan fikrda. AQSh mintaqaga ajratayotgan har bir dollar qayerga ketayotgani bilishi kerak, deydi u.

“Millionlab dollar pulimiz, xalqimiz haqqi, o’lkadagi ochko’z va yulg’ich rahbarlar cho’ntagiga tushmayapti deb kafolat bera olasizmi?”- deya so’raydi u Markaziy Osiyo bilan aloqalarga javobgar Robert Bleykdan.

Kongressmen Marino deydiki, AQSh biror bitim yoki shartnoma imzolayotganida, mablag' maqsadga muvofiq ishlatilishini talab qiluvchi, aks holda konkret shart qo'yishi kerak.

Bleyk, Davlat departamenti rasmiysi, Amerika berayotgan moliyaviy va boshqa turdagi yordam haqida ma’lumot maxfiy emas, deydi. Qay davlatga nima sabab qancha mablag’ ajratilayapti va qay dasturlarga sarflanayapti, hammasi hisob-kitob qilinadi, deydi u.

AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)
AQSh dollari kimning cho'ntagiga ketmoqda, deya so'raydi kongressmenlar (Suratni kattalashtirish mumkin)
“Korrupsiya Markaziy Osiyoda rak kasalidek og’ir bir dard”,- deydi Bleyk. Yulg’ichlik, poraxo’rlik chuqur ildiz otmagan soha yo’q.

Bosh diplomat sifatida Kongress a’zolari oldida hisobot berar ekan, Bleyk Amerika Afg’onistonga yuk tashish, urushni tugatib u yerdan qo’shin va qurol-aslahani olib chiqishda Markaziy Osiyo bilan yaqindan ishlashi zarur ekanini eslatadi.

Mintaqa xavfsizligi yo’lida hissa qo’shish, terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash, biznes va sarmoya qatorida huquq va demokratiya bobida ham faol harakat qilish lozimligini tan oladi. Amerika mintaqada o’ziga xos ijobiy rol o’ynashni istasa, deydi u Obama ma’muriyati nomidan gapirar ekan, Rossiya va Xitoy bilan bellashmasligi, balki ular bilan hamkorlik qilishi zarur.

Maqsad – Markaziy Osiyo birdam va tinch mintaqa bo’lsin; odamlar, mahsulotlar va g’oyalar erkin harakat qila olsin. Lekin AQSh diplomatlari, ekspertlari va yaqinda mintaqada bo’lib qaytgan qonunchilar ham bu azaliy niyatlar hali-beri ro’yobga chiqmasligini biladi. Jamiyatni rivojlantiradiganlar - uning a’zolari, tashqi dunyo, xususan Amerika faqat yordamlashishi mumkin, deydi ular.

Kongressmen Berton (Dan Burton): Markaziy Osiyoga nisbatan loqaydlik AQSh uchun katta xato bo'ladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:22 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG