BMT: Suriyalik qochoqlar xor

  • Amerika Ovozi

中国河北省黄土岗村的地下天主教堂(2018年9月30日)。

Yaqin Sharqda suriyalik qochoqlar yashaydigan mahallalarda kambag'allik ko'lami oshib borayapti. BMT Qochqinlar idorasi sarson bu insonlarga panoh bergan besh davlatdagi ahvolni kuzatdi. Tirikchilik qilish nihoyatda qiyin.

BMT Qochqinlar idorasi hisobotiga qaraganda, Livan, Iordaniya, Turkiya, Iroq va Misrda yashayotgan suriyalik qochoqlarga madad yetib borayapti. Lekin kambag'allik darajasi ham birday o'sib bormoqda. Odamlar oddiy ehtiyojlarini qondirishi qiyin.

Suriya mana olti yildirki, urush girdobida. Qariyb besh million suriyalik qo'shni o'lkalarga qochib chiqqan. Turkiyaning o'zida 2,7 millioni jon saqlaydi. Xalqaro hamjamiyat ko'makni oshirgan bo'lsa-da, BMT bu yetarli emas, demoqda.

BMT Qochqinlar idorasi matbuot kotibi Leo Dobbsning aytishicha, turmush sharoiti tobora og'irlashib borayapti. Livanda, masalan, o'rtacha oila qarzga botib yashashga majbur.

"Kambag'al oilalar soni ikki yil oldin 50 foiz edi, bugun 70 foizga yetgan. Iordaniyada ham ahvol shu. 67 foizi qarzga chuqur botgan. Misrda 62 ming qochoq yo'qsil", - deydi Dobbs.

Uning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Suriya ixtilofi shu qadar uzoq davom etayaptiki, odamlarni qo'llovchi zaxiralar tugab bormoqda. Natijada muhtoj qochoqlar ekspluatatsiya qurboniga aylanish yoqasida.

"Mayda bolalar qora ishda ishlashga majbur. Qizlar, ayollar jinsiy aloqaga kirishga majbur qilinmoqda. Bular xamir uchidan patir", - deydi Dobbs.

BMT Qochqinlar idorasi muammo yechimi uchun donor davlatlardan ko'proq moliya kerak, deydi. BMT va boshqa nodavlat, xalqaro tashkilotlar yil boshidan beri 4,55 milliard dollar zarur, deya iltimos qilgan. Homiylar shuning uchdan birini ta'minlagan, xolos.

Turkiya

Livan