Kobul-Vashington kelishuvi mintaqa xavfsizligi uchun muhim

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Mardin 4

Qo’shma Shtatlar va Afg’oniston o’rtasida imzolanishi kutilayotgan xavfsizlik kelishuvi 2014-yildan keyin Afg’onistonda qancha askar qolishini belgilaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kobul-Vashington kelishuvi region xavfsizligi uchun muhim/Shohruh Hamro


Obama ma’muriyati Kobuldan hujjatni kelasi yilga qoldirmasdan tasdiqlashni so’ramoqda.

Qo’shma Shtatlar 2001-yilda Afg’onistonga bostirib kirganidan buyon qo’shni Pokistonda zo’ravonlik avj olib, minglab odam o’lgan.

Islomobod bilan hamkorlik oson emas, lekin u terrorizmga qarshi kurashda ko’maklashib kelmoqda.

O’lkadagi islomiy partiyalar notinchlik sababini aynan Vashington bilan hamkorlikda ko’radi. AQSh qo’shinlari Afg’onistonda jang qilayotgani terrorizmni moylaydi, 2014-yildan so’ng bu yerda qolmasligi kerak, deydi bu partiyalar.

AQSh Tinchlik institutidan Skott Smit tahlilicha, Kobul-Vashington kelishuvidan asosiy maqsad afg’on armiyasini treningdan o’tkazish, toki ular o’zi xavfsizlikni ta’minlay olsin.

“Xorijiy askarlar Afg’onistonda qoladigan bo’lsa, mahalliy armiyani moliyalash va jihoz-aslaha bilan ta’minlashni AQSh o’z bo’yniga oladi. Afg’oniston qancha tinch bo’lsa, bundan Pokiston ham manfaatdor bo’lishi kerak”, - deydi Smit.

Yaqinda Kobulga safari chog’ida Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif biz qo’shni davlat ishlariga aralashayotganimiz haqidagi iddaolar asossiz, deya ta’kidladi.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi olimi Entoni Kordesman bunday bayonotlarga ishonmaydi.

“Pokiston Afg’oniston ishlariga hamisha aralashgan. O’rtada chegara muammolari bor, etnik masalalar bor, qolaversa, Hindiston bilan raqobat. AQSh, ular nazarida, ertami-kech baribir ketadi”, - deydi u.

Pokiston esa Afg’oniston qarorlariga ta’sir o’tkazish niyatimiz yo’q, deydi.

AQSh maxsus kuchlari 2011-yilda Osama bin Ladenni o’ldirgani hamda Shimoliy Vaziristonda jangarilar havodan nishonga olinayotgani Islomobod bilan aloqalarni ancha taranglashtirgan.

Dronlar hujumini qoralab, muxolif partiya Afg’onistonga yuk tashiydigan yo’lni to’sib qo’ygan.

Hamkorlik to’xtab qolgani yo’q, NATO Pokiston yo’llaridan foydalanishda davom etmoqda, deydi AQSh maxsus elchisi Jeyms Dobbins.

“Orada yuk tashish bo’yicha kelishuv imzolangan va Islomobod unga amal qilishda davom etayapti”, - deydi rasmiy.

Ekspertlar fikricha, xavfsizlik bitimi yuzasidan noaniqlik nafaqat Afg’oniston, balki butun region xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.