Afg'onistondagi NATO va AQSh kuchlarining yangi qo'mondoni bo'lishi kutilayotgan Amerika generalining ogohlantirishicha, Afg'onistonda xavfsizlik bo'yicha vaziyat yomonlashib bormoqda.
General-leytenant Jon Mik Nikolsonning Senat Qurolli kuchlar qo'mitasiga aytishicha, "Islomiy davlat" va "Al-Qoida" kabi terror guruhlari Afg'onistonni yangi imkoniyatlar o'lkasi sifatida ko'rmoqda.
"Terrorchi tashkilotlar Afg'onistonga kirishga urinmoqda. Bunga qarshi yetarli darajada chora ko'rish imkoniyatimiz bormi?", - deya vaziyatni so'roqqa tutadi general.
Tolibonning qayta kuchayayotgani ham koalitsiyani xavotirga solmoqda. Bu orada isyonchi guruhni muzokaralar stoliga qaytarish bo'yicha sa'y-harakatlar davom etmoqda. Tolibon tinchlik muloqotiga qo'shilishi yoki qo'shilmasligi haqida hali rasman bayonot bergani yo'q.
Jon Mik Nikolson NATO va AQSh kuchlari qo'mondoni sifatida nafaqaga chiqayotgan general Jon Kempbel o'rnini egallashi kutilyapti. Bu Senat tasdig'idan o'tishi kerak.