AQSh Xitoy mahsulotiga tarif qo'yadimi?

  • Amerika Ovozi

AQSh Xitoy mahsulotiga tarif qo'yadimi?

Qo'shma Shtatlar Xitoyga savdo va internet cheklovlariga doir yangi bosim qo'ymoqda.

Quyosh energiyasi bilan ishlovchi Amerika kompaniyalari Xitoyning o'xshash firmalarini mahsulotlari narxini ataylab tushirganlikda ayblab, Obama ma'muriyatidan Xitoy mollariga tariff qo'yishga chaqirmoqda.

Ularning arziga ko'ra, Xitoy hukumati quyosh energiyasidan mahsulot tayyorlovchi kompaniyalarini past foizli kreditlar va arzon xom-ashyo bilan siylamoqda, bu esa, deydi AQSh firmalari, Jahon Savdo Tashkiloti qoidalariga zid.

Qo'shma Shtatlar, shuningdek, rasmiy Pekinning Amerika kompaniyalariga Xitoydagi mijozlariga internet orqali xizmat ko'rsatishni cheklab qo'yganiga nisbatan ham norozilik bildirmoqda. Qo'shma Shtatlar Jahon Savdo Tashkilotiga bu borada arz qilmoqda.