Xitoydan Amerikaga kelayotgan sayyohlar soni ko’payib, iqtisodiy sharoiti hamon og’ir Qo’shma Shtatlarda biznes ahli mamnun. 2004-yilda bu raqam 203 ming edi, bugun 1,1 million kishini tashkil etmoqda.
“Xitoyliklar kelib, rosa pul sarflaydi. Oxirgi yillarda tobora ko’proq mablag’ bilan kelib, restoran, ko’ngilochar bizneslar, xizmatlardan foydalanayapti. O’tgan yili, masalan, AQShga safar uchun 5,7 milliard dollarni karmondan chiqarib berishdi. Dollar oyoqqa turib olishi uchun qulay sharoit bu”, - deydi Amerika rasmiysi.
Erdmanning aytishicha, turizm ikki davlatni madaniy jihatdan ham qalinroq qiladi. Xalqlar bir-birini yaxshiroq tushunadi. “O’z navbatida biz xitoyliklar vizani tezroq, osonroq qo’lga kiritishi uchun muhit yaratayapmiz”, - deydi u.