Bundan yarim asr oldin AQSh Kongressi a’zolarining 75 foizini protestant nasroniylar tashkil etgan. Ularning barchasi faoliyatini Injil qasamyodi bilan boshlagan. Endi esa vaziyat o’zgargan. Kongressda bugun buddist, hindu va musulmonlar bor. AQSh dunyoviy davlat, bu yerda din va davlat bir-biridan ajratilgan. Ammo qonunchilar o’z e’tiqodiga amal qilishda davom etadi.
Shri Shiva Vishnu ibodatxonasida toat vaqti. Bu yerda hindular 17 ta ma’budga sig’inadi.
Induizm dunyodagi uchinchi eng katta din. AQShda bu dinga mansub birinchi qonunchi, gavayilik Tulsi Gabbard o’tgan yili Kongressga saylandi.
“Uning vazifasi Gavayi xalqiga xizmat qilishdir”, - deydi hindu rohibi.
Shiva Sabramanyam ibodatxona asoschisi va faxriy raisi.
“Karma Xudoga eltadigan 3 yoki 4 yo’ldan biridir. Xudoni kitobini o’qish orqali taniysiz”, - deydi rohib.
Ilgari protestant nasroniy bo’lmagan odamning Kongressga saylanishi imkonsiz edi. Endi esa hatto dahriy, ya’ni hech qanday dinga mansub bo’lmaganlar ham saylana oladi. Xuddi arizonalik Kirsten Sinema kabi.
Meyzi Hirono esa AQSh Senatidagi birinchi buddist.
“Buddaviylik - hayot tarzi. Cherkovga borish yoki ibodat qilish shart emas. Shuning uchun men bu dinni tanlaganman. Boshqalarning fikri va e’tiqodini hurmat qilaman”, - deydi u.
Asli hindistonlik Ami Bera Kongress a’zosi, masihiylik dinining unitar cherkoviga mansub. Lekin u har yakshanba turli cherkovlarga boradi. Bu safar u metodistlar huzurida.
“Unitar aqidasidagi odamlar yakka xudoga ishonadi. Xudo bir, lekin unga eltuvchi yo’llar har xil”, - deydi u.
Bera Kongressga saylanganida, Injil bilan qasamyod keltirdi. Ateist Sinema AQSh konstitutsiyasi bilan, Gabbard Bxagavat Gita kitobi bilan, Kongressning musulmon a’zosi Andre Karson esa Qur’on bilan qasam ichdi.
“Doim Konstitutsiya bilan qasamyod keltirilgan, lekin men Qur’onni tanladim”, - deydi Karson.
U Kongressdagi ikki musulmondan biri.
“Nazarimda, aksariyat arboblar din boshqa, davlat boshqa, deydi. Lekin ayni vaqtda Amerika jamiyatida turli elat va din vakillari yashashini esdan chiqarmaylik. Bizda barcha din, barcha etnik guruhlar hurmat qilinadi”, - deydi u.
Bundan 60 yil avval Kapitoliyda ibodat uchun alohida xona ajratilgan. Jurnalistlar u yerga kiritilmaydi, faqat Senat va Vakillar palatasi a’zolariga ruxsat bor. Xona oddiy, rangli derazasida AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning ibodat qilayotgani tasvirlangan.
Patrik Konroy Vakillar palatasi rohibi. Amerikada din davlatdan ajratilsin, deya qaror chiqargan ilk arboblar ayni paytda palata uchun rohib ham tanlagan. 1789-yildan buyon rohiblikka faqat nasroniylar tayinlanadi.
“Men butun palata uchun, hukumat, xalqimiz va dunyo uchun ibodat qilaman”, - deydi rohib Konroy.
Davlat arboblarining e’tiqodi ularning qonunlarni qabul qilish qobiliyati yoki Kongressga saylanish imkoniyatlariga ta’sir qilmaydi. Lekin kelajak avlod uchun bu o’zgarishlar katta ahamiyatga ega. Yoshlar dinning xalqqa xizmat qilish uchun to’siq bo’la olmasligini tushunishi lozim.
Your browser doesn’t support HTML5