AQSh hukumati kompyuterlariga kiber-xurujning oqibatlari

  • Amerika Ovozi

AQSh razvedka idorasi binosi. Virjiniya shtati.

AQSh hukumati kompyuterlariga keng ko’lamli kiber-xuruj uyushtirilgani haqida ma’lumot paydo bo’lgach Kadrlar bo’limi boshlig’i ishdan ketdi.

Oq uyning bildirishicha, Ketrin Archuleta Prezident Barak Obamaga iste’fo arizasini topshirgan. Uning vazifasini muovini Bet Kobert bajarib turadi.

Kadrlar masalalari bilan shug'ullanuvchi agentlik kompyuterlaridan xakerlar 21.5 million federal xizmatchilarning maxfiy ma’lumotlarini o’g’irlagan.

Bu AQSh tarixidagi eng keng ko’lamli kiber-xuruj. Xitoydan ekani taxmin qilinayotgan xakerlar bundan oldin ham hukumat tizimlariga bir necha marta hujum uyushtirgani va millionlab odamning shaxsiy ma'lumotlarini olgani ma'lum.

AQSh hukumat idoralarida ishlagan va ishlayotgan odamlarning ehtimoliy jinoiy faoliyati, moliyaviy ahvoli, salomatligi, ish tarixi, yashagan joyi, oilasi va tanishlariga oid informatsiya haqida gap ketmoqda.

Rasmiylar va ekspertlar Xitoyga ishora qilsa-da, Milliy xavfsizlik kengashi rasmiysi Maykl Daniel tergov ishi boshlanganini bildirdi xolos. Xitoy bunday iddaolarni inkor etib keladi.