Prezident Donald Tramp kelasi yilgi mudofaa byudjeti uchun 668 milliard dollar so’rayapi. Kongress belgilagan cheklovdan 52 milliard dollar oshiq bu. Byudjet mudofaani bir necha o’n ming karra qudratliroq qiladi. Amerika harbiy havo kuchlari uchun juda muhim o’zgarish. Havo flotiga yuzlab uchuvchilar kerak.
Amerikani mudofaa qilish va qudratini namoyish qilish anchayin moliya talab qiladi.
“Jahon tobora xavfli bo’lib borayapti, terrorchilar va dushmanlar kuchga to’layapti”, - deydi Pentagonda moliya bo’yicha mas’ul Jon Rot.
Yangi mudofaa byudjetiga oltita kema, jumladan, yangi avianosets va bir necha jangovar samolyot xarid qilinishi rejada. Bundan tashqari, Amerika jangovar salohiyatini56 ming kishiga oshirish ko’zlanmoqda.
“Qurolli kuchlarga zarur moliyaning 75-80 foizini havola qilganmiz, xolos”, - deydi tahlilchi Jon Venabl. “Natijada qurol-aslahamiz eskirgan, xodimlar hafsalasi pir bo’lib, ishdan keta boshlagan”, - deydi ekspert.
Bugun harbiy havo kuchlarida 1500 uchuvchi yetishmaydi. General Karlton Exerxartning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, shu zaylda ketaversa, ahvol yana ham yomonlashadi.
“Yana 1600 uchuvchi kelasi to’rt yilda nafaqaga chiqishga haqli. Byudjetdagi o’sish hozir ayni muddao”, - deydi general.
Pilotlar va jangovar samolyotlarga qo’shimcha ravishda Amerika harbiy havo kuchlari 15 dona yangi xildagi tankerlar sotib oladi. Bu vositalar jahonning turli burchaklarida, jumladan, Iroq va Suriyada harbiy amaliyotlarda qatnashayotgan samolyotlarga yoqilg’i yetkazib turadi.
Bu orada, eski tankerlar nafaqaga chiqishi uchun hali yana yuz yil xizmat qilishi kerak.
Byudjetda Afg’oniston, Iroq va boshqa yurtlardagi amaliyotlar uchun salkam 65 milliard dollar ajratish nazarda tutilgan.
Mudofaa uchun moliya oshsa-da, aksariyat ijtimoiy dasturlar uchun pul keskin qisqarishi rejalanmoqda. Tahlilchi Venablning aytishicha, Amerikani va ittifoqchilarni himoya qilish uchun mudofaani mustahkamlash nihoyatda zarur.
“Jahon tinch bo’lishini xohlasangiz, Amerika qurolli kuchlari qudratini oshirish kerak”, - deydi u.
Byudjet loyihasi Kongressga oshirildi. Hujjat respublikachi va demokrat qonunchilar tasdig’idan o’tishi kerak.
Your browser doesn’t support HTML5