Oq uy va Kongress 1-martgacha byudjet sarfiyati masalasida bir to’xtamga kelishi kerak ekan, mudofaa sohasida salmoqli qisqarishlar ehtimoldan xoli emas.
Xarajatni kesish muhokamasi og’ir bir damga to’g’ri keldi.
Pentagonda rahbariyat o’zgarayapti va xizmat muddati tugagan mudofaa vaziri Leon Panetta nazarida yangi vazirga oson bo’lmaydi.
“Agar mudofaa sarfiyati qisqarsa, mamlakat himoyasi uchun zarur dasturlarga, armiya tayyorgarligiga ziyon yetadi”, - deydi Panetta.
Your browser doesn’t support HTML5

Askarlarni mashqdan o’tkazish, harbiy havo va dengiz transportini ta’mirlash kabilar kechikishi yoki vaqtincha to’xtashi mumkin. Xususan, shu oy Obama ma’muriyati Garri Truman nomli avianosetsni Fors ko’rfaziga jo’natmaslikka qaror qildi.
Ozmuncha pul haqida gap ketayotgani yo’q: kelasi yetti oyning o’zida 46 milliard dollar xarajatni kesish kerak. Leon Panetta asoratlari hali anchagacha seziladi, deydi.
“Mudofaa vazirligi 800 ming xizmatchini 22 kunga bo’shatishi kerak bo’ladi. Maosh 20 foizga qisqarishi mumkin. Amerika iqtisodiyotiga ta’sir qilishi aniq bu”, - deydi sobiq mudofaa vaziri.
Yaqin 10 yilda Qo’shma Shtatlar harbiy sohada 500 milliard dollarni kesishi rejada.
Pentagon yangi rahbari oldida mushkul vazifa turibdi – u kamroq puldan va kichikroq armiyadan unumli foydalanishi, Yaqin Sharq, Afrikadan tortib Shimoliy Koreyagacha bo’lgan hududda tobora o’sib borayotgan xavf-xatarga qarshi turib berishi kerak.
Kongress va Oq uy oy oxirigacha byudjet bobida murosaga kelmasa, nafaqat mudofaa vazirligi, balki boshqa federal idoralarda bir necha oy ichida yuz minglab ish o’rinlari qisqarishi kutilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5