Misrdagi beqarorlik dunyoni cho'chitmoqda

  • Amerika Ovozi

Aid workers and doctors transfer Miguel Pajares, a Spanish priest who was infected with the Ebola virus while working in Liberia, from a plane to an ambulance as he leaves the Torrejon de Ardoz military airbase, near Madrid, Spain. (Photo provided by the Spanish Defense Ministry)

Misrning muvaqqat rahbarlari o’tish davrini tezroq tugatishga va’da bermoqda. Prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag’darilgandan beri mamlakat hanuz beqarorlik domida. Ayni paytda kuzatuvchilar AQShning bu jarayonga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida bahs yuritmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Misr g'alayoni va dunyo, Behzod Muhammadiy


Misrning o’tish hukumati qasamyod keltirdi. Ammo uning 34 a’zosi orasida birorta ham “Musulom Birodarlar” vakili yo’q.

3-iyul kuni Misr harbiylari demokratik yo’l bilan saylangan davlat rahbarini hokimiyatdan ag’dargandan beri mamlakat notinch.

Atlantika kengashining Rafiq Haririy nomli Yaqin Sharq markazi tahlilchisi Miret Mabrukning aytishicha, Mursiy va uning hukumati noqobil chiqdi.

“Birodarlarning har bir ishi xato bo’ldi. Mamlakatni boshqarish qo’llaridan kelmasligini isbotlashdi. Ayniqsa, hozirgi qiyin vaziyatda. Natijada prezident hokimiyatdan mosuvo qilindi. Birodarlar 80 yil tazyiq va taqiq ostida yashab, birdaniga hokimiyatga kelib qoldi va uni uzoq ushlab turishni eplay olmadi”, - deydi Mabruk.

“Musulmon Birodarlar” harbiylar nazoratidagi hozirgi hukumatni noqonuniy deb biladi.

Ayni paytda AQSh ma’muriyati Misrga atalgan harbiy yordamni berish yoki bermaslik masalasini qayta ko’rib chiqmoqda. AQSh qonuniga ko’ra, demokratik yo’l bilan saylangan davlat rahbari ag’darilgan mamlakatlarga yordam berilmaydi. Ammo Amerika rasmiylari Misrdagi holatga davlat to’ntarishi nomini berishga shoshilmayapti.

Har yili Vashington Misrga 1,3 milliard dollar miqdorida harbiy ko’mak beradi. Ayrim kongressmenlar bu yordamni to’xtatishga chaqirmoqda.

Ammo Davlat departamentining Yaqin Sharq bo’yicha sobiq mutaxassisi Aron Deyvid Millerga ko’ra, bunday qilish yaxshi emas.

“Biz bu yordamni hech qanday demokratiyaga, demokratik saylovlarga ega bo’lmagan rejimga 30 yildan beri berib kelamiz. Endi hozir Misr demokratiya sari yuz tutgan bir paytda, xalq ozodlikka chiqqanda, qanday qilib uni to’xtatishimiz mumkin? Bu mutlaqo mantiqsizlik”, - deydi tahlilchi.

Ko’plab ekspertlar nazarida, AQSh hukumatining Misrda bo’layotgan hodisalarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilish imkoniyati yo’q.
“RAND” korporatsiyasi vakili Jefri Martinining aytishicha, AQShning Misrga iqtisodiy yordami so’nggi yillarda ancha kamaygan. Chunki Misr iqtisodiy jihatdan ancha o’zini tiklab oldi, deydi u.

“80-yillarda AQShdan Misrga keladigan yordam mamlakat iqtisodiyotining 7 foizini tashkil etardi. Hozir esa faqat 0,7 foizni. Ya’ni, 10 barobar kamaygan. Natijada AQShning ta’sir qila olish imkoniyati toraygan. Misr iqtisodiyoti oldida arzimas bo’lgan yordam bilan bu mamlakatga ta’sir o’tkazishni umid qilmasa ham bo’ladi”, - deydi u.

Gap faqat ta’sir o’tkazishda emas. AQSh va boshqa ko’plab davlatlar Misrdagi siyosiy barqarorlik Yaqin Sharq uchun muhim ahamiyatga ega ekanini aytadi.

“Mintaqaning boshqa davlatlari madaniy jihatdan, yetakchilik va ish bo’yicha Misrga bog’liq bo’lgan. Isroil ham chegarasida tinch Misrni ko’rishni istaydi. Xullas, barqaror va sog’lom Misr butun Yaqin Sharq uchun juda muhim. Agar u bu qadar ahamiyatli bo’lmaganda, hech kim bunchalik e’tibor bermagan bo’lardi”, - deydi Atlantika kengashi tahlilchisi Miret Mabruk.

U va boshqa tahlilchilar AQSh kabi dunyoning yetakchi davlatlarini Misrda tinchlik o’rnatilishi yo’lida faolroq bo’lishga chaqiradi.