Kolorado kimga ovoz beradi?

  • Amerika Ovozi

Koloradolik latinolar ovozi saylovda muhim rol o'ynashi aniq

AQShda 6-noyabr kungi saylov natijasini belgilaydigan shtatlardan biri – Kolorado.

Your browser doesn’t support HTML5

Kolorado kimga ovoz beradi/Navbahor Imamova



Dominik Martinez bundan to’rt yil avval Barak Obamaga ovoz berganlar bilan gaplashish niyatida hovlima hovli yuripti.

Ba’zida qopog’on itlar, ba’zida esa gaplashishni istamagan odamlar bilan to’qnashadi.

“Maqsadimiz - Romni yoki Obamaga ovoz bersammikin deb ikkilanib turgan fuqarolarni topish va ularning fikrini o’zgartirish, biz tarafga og’dirish,” - deydi u.

Pueblo shahri aholisining yarmisi - latinolar, Obama tarafdorlari. Qolganlarining kimga ovoz berishi hozircha noma’lum. Kolorado 6-noyabr kungi saylovda jiddiy rol o’ynashi tayin. Saylov uchastkasiga borgan har bir fuqaro ovozi mamlakat kelajagiga ta’sir qiladi.

“Demokrat prezident uchun ovoz beraman,” - deydi bir ayol.

Yoshlar orasida saylovdan umid qilmayotganlar ko’p.

“Menimcha, Obama quruq va’da berayapti xolos. Romni ham va’daboz. Quruq gapdan charchadim. Real o’zgarish qiladigan rahbar kerak. Qani unaqasi?”

Ekspertlar deydiki, Pueblo aholisining kimga ovoz berishidan ham saylovda qatnashishi muhim.

Alsida Koloradoning boshqa shaharlarida ham shu vaziyat. Mahalliy siyosatshunos Kennet Bikers so’zlariga ko’ra, umidini yo’qotgan latinolar umuman ovoz bermasligi mumkin:

“Agar ular saylov uchastkalariga borib, ovoz bersa, amaldagi prezidentning qayta saylanishi imkonlari ancha oshishi aniq. Askariyat latinolar saylovda ishtirok etmaslikka qaror qilsa, prezident mag’lubiyatga uchrashi hech gap emas. Chunki o’tgan safar ular Obamani ma’qul ko’rgan”.

Aynan shuning uchun Obama tarafdorlari, Tereza Truxiyo kabi faollar odamlarni saylovga chiqishga undamoqda. Sizning ovozingiz muhim, deyapti ular.

“Eshikdan eshikka, xonadondan xonadonga yurib targ’ibot ishlari olib boryapmiz”.

Silverioi Salazar - respublikachi nomzod Mitt Romni tarafdori. Latinolar Obamaga ovoz berganidan ko’ra, saylovga chiqmagani ma’qul, deydi u.

Saylov yaqinlashar ekan, targ’ibot ham kuchaymoqda. Har ikkala nomzodning tarafdorlari oldidagi maqsad – saylovchilarni o’z tarafiga og’dirish, saylovga chiqishga ko’ndirish.

Your browser doesn’t support HTML5

Saylov-2012: Kolorado shtati/ Colorado voters