Amerikada har bir saylov o’ziga yarasha saboq

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

"Choychilar" harakati va Amerikadagi saylovlar - Tea Party/Elections

5-noyabr kuni AQShning ayrim shtat va shaharlarida gubernatorlik va merlik saylovlari bo’lib o’tdi. Hukumatning 16 kunlik majburiy ta’yilidan keyin ovoz bergan fuqarolar qaroridan ular kelasi yilgi Kongress saylovlarida qanday ovoz berishini bashorat qilish mumkin. G’oliblar va mag’lublar xulosa chiqarib, o’z strategiyasini qayta ko’rib chiqadi.



Your browser doesn’t support HTML5

"Choychilar" va AQShdagi so'nggi saylovlar-Navbahor Imamova

G’oliblar tabiiyki shod-xurram… Virjiniyada demokratlar partiyasi vakili jiddiy poygada respublikachi raqibini ortda qoldirib, gubernator lavozimini qo’lga kiritdi.

Nyu-Jersida esa respublikachi gubernator qayta saylandi.

Bu ikki saylovga respublikachilar partiyasining o’ta konservativ qarashdagi “Choychilar” fraksiyasi ta’sir qildi – turli yo’l bilan bo’lsa-da.

“Choychilar”ning maqsadi sog’liqni saqlash sohasida prezident Barak Obama boshlagan islohotni bekor qilish. Shu bois ham o’tgan oy hukumat ishdan to’xtab qoldi.

Tahlilchilar deydiki, hukumatning yopilishidan ko’rilgan zarar oqibatida “Choychilar” ga yaqin nomzodlar ham xalq noroziligiga uchradi.

Masalan, Virjiniyada gubernatorlik uchun kurashgan Ken Kuchinelli.

“Virjiniya yaxshi tushunadiki, “Obamacare” - mag’lubiyat. Hukumat emas, fuqaro o’z salomatligi uchun mas’ul bo’lishi kerak.”

Ammo aksariyat virjiniyaliklar demokrat Terri Makolif uchun ovoz berdi.

“Birgalikda ishlasak qancha ishning uddasidan chiqamiz, o’ylab ko’ring-a”.

Nyu-Jersida g’alaba qozongan respublikachi Kris Kristi siyosiy murosaga intilish kerak deydi.

“Rahbar ko’p gapirmay, boshqalarga quloq solishi kerak. Stol atrofida o’tirib bir-biri fikrlarini o’rganish va hurmat bilan yondashish lozim”.

Demokrat strateg Ted Devayn bu borada shunday deydi:

“U demokratlar uchun ovoz beradigan shtatda yutishga muvaffaq bo’ldi. Axir so’nggi ikki saylovda Nyu-Jersida saylovchilar Obama uchun ovoz bergan. Kristi uchun bu jiddiy g’alaba”.

Respublikachi strateg Ford Okonnell esa “Choychilar” g’alaba qozongan nomzodlardan saboq olishi kerak, deydi. Aks holda…

“Choychilar tarafdorlari kamayib ketadi. Bu fraksiya oldidagi eng jiddiy muammo faqat respublikachilarni emas, boshqalarni ham o’z tarafiga og’dirish”.

Bundan buyon respublikachilar qanday taktika qo’llashi hozircha noma’lum. Mutaxassialr fikricha, partiya ichida hozircha yakdillik yo’q, kelajak haqida ichki tortishuvlar davom etmoqda.