AQShda hal qiluvchi saylovlarda demokratlar qo'li baland keldi

  • Amerika Ovozi
Virjiniya shtatida gubernator poygalarida demokrat Terri Makoliff g'alaba qozondi. Nyu-Jersi shtatida esa murosaga xayrixoh respublikachi Kris Kristi gubernatorlikka qayta saylandi.

Kristi, xususan, 50 foizdan oshiq ovoz jamlay oldi va uni ham demokrat, ham mustaqil saylovchilar birday yoqlagani ma'lum. Partiyalarni kelishib ishlashga undayotgan gubernator kelasi prezident saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzodlikni ko'zlayapti, degan taxmin kuchli.

Makoliff esa respublikachi raqibi, o'ta konservativ yondashuvi bilan tanilgan Ken Kuchinellini qisqa farq bilan mag'lub etdi.

Nyu-York meri uchun bellashuvda demokrat Bill de Blasioning qo'li baland keldi. U o'tmishda respublikachi, keyin o'zini mustaqil nomzod deya tanitgan Maykl Blumbergning o'rnini egallaydi. De Blasio Nyu-York merligiga 1989-yildan beri saylangan ilk demokratdir.

Boshqa yirik shaharlar, xususan, Atlanta, Boston, Detroyt, Xyuston va Mayami ham kecha merlarga ovoz bergan.

Tahlilchilar ushbu saylov misolida kelasi yil Kongress Vakillar palatasi va Senatga poygalar, 2016-yilda esa prezident saylovi natijasini oldindan ko'rishga urinayapti. Yaqinda hukumat qisman ishdan to'xtagani ham saylovchilar qaroriga ta'sir qilgani aytiladi. Chunki unda asosan respublikachilar ayblangan.

AQShda mahalliy saylovlar nihoyasiga yetdi