Amerika byudjetsiz ekan, hukumat bir haftadan oshiq yarim-yorti ishlayapti. Ayrim ekspertlar nazarida siyosiy falajlik AQSh siyosatida odatiy tus olayapti.
Kongress Vakillar palatasining spikeri, respublikachi Jon Beyner tanazzul prezident Barak Obama va demokratlarni muzokaraga majbur qiladi, degan umidda.
"Obamaning sog'liqni saqlashga doir yangi qonuni va umuman, sarfiyat masalasida gaplashib olish kerak", - deydi u.
Ammo demokratlar, jumladan, Obama qarshi oyoq tirab olgan. Ular Oq uyni ko'ndirish uchun respublikachilar butun boshli hukumatni ishdan qo'yganidan g'azabda.
"Odamga miltiq o'qtalib murosaga ko'ndirib bo'lmaydi. Hukumatni yopib, xalqqa do'q-po'pisa qilib, nimaga erishmoqchisiz?" - deya so'raydi Obama.
Prezident mualliflik qilgan, minglab yo'qsillarni tibbiy sug'urta bilan ta'minlovchi qonun 2010-yilda kuchga kirdi. Respublikachilar qayta-qayta uni to'sishga yoki puldan ayirishga urinib keladi.
Virjiniya Universitetidan tahlilchi Larri Sabato fikricha, bahs tagiga yetish uchun bir necha yil oldingi voqealarni eslash lozim. Qonun Kongressda faqat demokratlar ovozi bilan ma'qullangan edi.
"'Obamacare' nomi bilan tanilgan bu yirik programma masalasida partiyalar avval boshdan tarqoq edi. Tortishuv hali uzoq davom etadi. Respublikachilar hozir to'g'ri ish qilayapti, demoqchi emasman. Bugungi voqealar ortidagi sabablar haqida gapirayapman", - deydi u.
Konservativ respublikachilar esa fuqarolar qarashlarini bayon etayapmiz, xolos, deydi.
Siyosiy strateg Sten Grinberg oxirgi so'rov natijalarini misol qilib, muxolifat alamidan chiqmoqchi, deydi.
"Ular nazarida Obama o'z maqsadiga erishdi. Boshqalarni laqillatib, sotsialistik rejasini (sug'urta dasturi) tasdiqlatib oldi. Ular nazdida Vashingtondagi muammo - tanazzul emas. Ular fikricha, muammo respublikachilarning sustkashlik qilganida, Obamani to'xtatib qolmaganida", - deydi Grinberg.
Demokratlar esa prezidentni va uning tibbiy islohotini bir ovozdan yoqlayapti.
Ayrim tahlilchilar bu xildagi mashmasha Amerika siyosatida odatiy holga aylanib qolmasa edi, deya xavotirda.
Ekspert Jon Fortiyer so'zlariga ko'ra, har ikki partiya murosa izlash o'rniga, jamoatchilikni o'ziga og'dirish bilan band.
"Mamlakat ikkiga bo'linib qolgan. O'ta konservativ va juda liberal mahallalar bor. Avval koalitsiya degan tushuncha bo'lar edi. Bugun bari manfaat atrofida o'ralashib qolgan", - deydi tahlilchi.
2014-yilgi Kongressga saylovlarga taxminan bir yil vaqt qolayapti. Fuqaro hukumat ishida o'zgarish talab qiladimi yoki tinimsiz bahslarga ko'nib yashaydimi, o'shanda ayon bo'ladi.