Germaniyaga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri deydiki, Amerika va Yevropa ahli Ukraina xalqini qo’llab quvvatlaydi.
"Erkin va farovon yashashni istab, adolat talab qilayotgan insonlar tarafidamiz", - deydi u.
Kerri bu haqda Myunxenda o’tgan anjumanda so’zlar ekan, Ukrainadagi inqiroz ortida oddiy odamlarning uzviy talablari yotibdi; Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlik ular nazarida har tomonlama foyda keltiradi, hukumat bu fikrni inobatga olishi lozim, dedi.
Kerri ukrain muxolifati yetakchilari Arseniy Yatsenyuk va bokschi-faol Vitaliy Klichko bilan uchrashmoqda. Vashington ularga nima va'da qilmoqda, hozircha mavhum.
Kecha Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich hukumatga qarshi namoyish qilib hibsga olingan fuqarolarni qo’yib yuborishni buyurdi. Lekin undan oldin boshqa namoyishchilar egallab olgan imoratlarni bo’shatishi shart. Muxolifat bu shartdan g’azabda.
Yanukovich kasal ekani aytiladi. 22-yanvardan beri qidirilayotgan muxolifatchi Dmitro Bulatov Kiyev yaqinida og’ir jarohatlar bilan topilgan. Bulatovning aytishicha, noma’lum odamlar uni olib ketib, qiynoqqa solgan va qalin o’rmonda tashlab ketishgan. Bir amallab yaqin bir qishloqqa yetib borib, telefonda safdoshlari bilan bog’langan.
Namoyishlarning jinoiy va qonli tus olgani, deydi kuzatuvchilar, Ukrainada vaziyat hali beri yaxshilanmasligini anglatadi.
Ukraina Mudofaa vazirligi prezidentni barqarorlikni tiklash uchun favqulodda choralar ko’rishga undamoqda.
Davlat organlari bezorilar tomonidan egallab olinib, tizim ishdan chiqmoqda va bunga yo’l qo’yilmasligi kerak, deyiladi Mudofaa vaziri Pavel Lebedev bergan bayonotda. Vazir fikricha hududiy birlik tahdid ostida. Jamiyat parokandalik tomon yo’nalmoqda, deydi u.
Lekin Lebedevning Rossiya matbuotiga bildirishicha, Ukraina qurolli kuchlari mojaroga aralashmaydi.
BMT Inson huquqlari agentligi prezident Yanukovichni qotilliklar, odam o’g’irlash va qiynoq hollarini tergov qilishga chaqirmoqda.
Yanukovich esa aybni muxolifatga qo’yib, hukumat o’z zimmasidagi vazifani bajarmoqda, deydi. Shuningdek, murosa qo’lini ham cho’zdik, deydi prezident, muxolifat takliflarni rad etdi.
Ukrainada hukumatga qarshi namoyishlar noyabr oyida boshlangan. Muxolifat Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolansin degan talabni qo’ymoqda, Yanukovich esa Rossiya bu borada asosiy sherik bo’ladi deydi.
Inson huquqlari tashkilotlarining aniqlashicha, 19-22 yanvar kunlari mamlakatda qabih jinoyatlar sodir etilgan. Jurnalistlar, faollar, tibbiy xizmatchilar nishonga olingan. Kamida 60 hol haqida gap ketmoqda.
Ukrainaga 15 milliard dollar qarz va’da qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi hukumat tuzilishini kutmoqda.
Amerika hukumati Ukraina kelajagi Yevropa bilan va demokratiyada desa, Moskva G’arbni vaziyatni murakkablashtirayotganlikda qoralamoqda.
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikricha aslida ayb Yevropa Ittifoqida. Ukrainada odamlarni hukumatga qarshi turishga undagan o’zi shular, deydi Lavrov Myunxenda so’zlar ekan.
Natija esa tartibsizlik, buzg’unchilik va shundoq ham zaif bo’lgan iqtisodga ortiqcha zarar, deydi u.
Yevropa va Amerika nega bu holatlarga qarshi gapirmayapti? Nima uchun zo’ravonliklarni to’xtating, demayapti? G’arb siyosatchilari vijdonan ish tutmayapti, deydi Lavrov.
Uni tinglagan diplomatlar esa Rossiyani Ukrainadagi beqarorlikda ayblab, o’z ta’sir kuchini saqlab qolish ilinjida Yanukovichga bosim o’tkazganlikda tanqid qiladi.
Siyosiy qarashlar ham Ukraina jamiyati singari ikkiga, Yevropa va Rossiya tomonga bo’lingan.

Your browser doesn’t support HTML5