Amerikada Mustaqillik ayyomi

  • Amerika Ovozi

Amerikada Mustaqillik ayyomi

Qo’shma Shtatlar ahli bugun Mustaqillik kunini nishonlamoqda. 1776 yilda bu yurt Britaniya mustamlakasidan ozod bo’lgan edi. Istiqlolning 235-yili.

To’rtinchi iyulni amerikaliklar parad, shodiyona, musobaqayu konsertlar bilan o’tkazadi.

Bu kun qay yonga qaramang, Amerika bayrog’ining ranglarini ko’rasiz – qizil, oq va ko’k.

Kechqurun, nihoyat, mushakbozlik boshlanadi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi bitilgan Vashington, Nyu-York va Filadelfiya hamda qator boshqa shaharlaru tumanlarda tungi osmonni rangba-rang, shodon feyerverklar yoritadi.

Bugun, shuningdek, Virjiniya shtatida, AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington yashab o’tgan Maunt Vernon hovlisida 100 odam fuqarolik qasamyodini keltiradi.

Amaldagi rahbar Barak Obama esa Oq Uyda dasturxon yozib, harbiylar va ularning oila a’zolarini chorlaydi.

Quyida 2009 va 2010 yilgi tantanalarni tomosha qilishingiz mumkin.

http://www.youtube.com/embed/r0a7EaWsVdM

http://www.youtube.com/embed/LJBlTaI8qO8