Amerikada qatliomga guvoh bo’lgan Konnektikut shtatining Nyutaun shahrida bugun bolalar sinfxonalarga qaytdi. Shaharning barcha maktablarida darslar jonlangan, lekin o’tgan juma xunrezlikda 20 o’quvchi va olti xodimini yo’qotgan Sendi Xuk maktabi hamon yopiq.
Qutni uchiradigan qirg’in Qo’shma Shtatlarda qurol nazoratiga doir bahsni yana avj oldirib yubordi. Bir necha demokrat qonunchi aslaha savdosi nazoratini kuchaytirib, harbiy turdagi qurollarni butkul taqiqlashga chaqirmoqda.
Kaliforniyadan saylangan senator, qurollarning hujumkor turlarini man etishga doir chora muallifi Dayan Faynstayn, 2004-yilda muddati tugagan hujjatni shu hafta yangilamoqchi.
Juma kungi qatliom Amerika o’quv yurtlarida ro’y bergan eng dahshatli falokatlardan. Ungacha 1999-yilda Koloradoning Kolumbayn maktabida ikki o’smir 13 o’quvchi va yana bir necha odamni qirib, so’ng o’zini o’ldirgan edi. 2007-yilda esa Virjiniya shtatining Politexnika Institutida 32 kishi otib o’ldirilgan edi.
Joriy hafta yuzlab fuqarolar Amerika Qurol-yarog’ uyushmasining Kongressdagi idorasida namoyish qildi.
Yurt tarixidagi eng yovuz otishmadan keyin endi siyosatni chetga surib, qurol-aslaha nazorati bilan jiddiy shug’ullanadigan payt keldi, deydi ular.
“Bugun bo’lmasa qachon? Yigirma nafar yosh bolani qirdilar! Muallimlar o’ldi! Qachongacha kutamiz?” - deydi Merilend shtatidan kelgan namoyishchilardan biri.
Yaqin-yaqingacha saylov kampaniyalarida qurol nazorati tilga olish xatarli, qaltis mavzulardan edi. Aslaha ustidan kontrolni oshirish tarafdorlari, asosan, sukutda edi.
Lekin Konnektikutdagi fojea yondashuvni o’zgartirishi aniq, deydi namoyishchilar. Prezident Barak Obamaning yakshanba kuni Nyutaun shahrida qilgan nutqi bunga yaqqol misol.
“Haqiqatni tan olishimiz kerak. Jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli chora ko’rmayapmiz. O’zgarish qiladigan fursat yetdi. Prezident bo’lganimdan beri to’rt bor yovuz otishmaning shohidi bo’ldik”, - deydi Obama.
Qurol-aslaha uyushmasi qarshisida to’plangan namoyishchilar orasida har xil fikrlarni eshitish mumkin.
“Agar biror muallim yoki direktorning quroli bo’lganida edi, qirg’inni to’xtatib qolib, o’nlab bolalarning hayotini saqlab qolishi mumkin edi”, - deydi virjiniyalik Gari Vard.
Qurol-aslahaga egalik qilish tarafdorlari kam emas. Qurollanish va o’zini mudofaa qilish huquqi bu kabi voqealarning oldini olishi mumkin, deydi Erik Pratt:
“Bolam maktabga borsa, muallim yoki boshqa mulozimning quroli bo’lishi tarafdoriman. Shunda politsiyaga qo’ng’iroq qilib, 15 daqiqa kutib o’tirishning keragi yo’q. Xavf-xatardan darrov qutulish mumkin”.
Kongressning yangi tarkibi o’qotar aslahani cheklovchi qonun loyihasini yanvarda ko’rib chiqadi. Qurol ustidan nazorat tarafdorlari qizg’in bahsga hozirlik ko’rayapti. Jamiyat bunday muhokama uchun deyarli tayyor, deydi ular.
Your browser doesn’t support HTML5