AQShda huquq tashkilotlari federal agentlarni immigratsiyaga qarshi guruhlar bilan til biriktirganlikda ayblamoqda.
30-iyun kuni chiqqan hisobotda Yangi jamoa markazi ayrim kasaba uyushmalari a’zolari, Chegara nazorati va Immigratsiya xizmati hamda bojxona agentlarini muhojirlarga qarshi birgalikda siyosat olib borayotganlikd aybladi.
“Bu bilan ular xavfli ravishda immigratsiyaga qarshi guruhlar bilan muhojirlarni qora bo’yoq bilan bo’yash va kelajakda immigratsiya ko’lamini kamaytirishga hissa qo’shmoqda”, - deyiladi hujjatda.
“Demokratik tizimda politsiya siyosatni belgilashi to’g’rimi? – deya savol beradi Janubiy kambag’allik va huquq markazidan Mark Potok. – Axir bu demokratiya g’oyasiga mutlaqo zid-ku. Politsiya siyosatni amalga oshiradi, belgilamaydi. Biz Sharqiy Germaniya emasmiz, bu yerda Shtazi maxfiy xizmati yo’q”.
Hisobotga ko’ra, federal agentlar va ularning kasaba uyushmalari immigratsiyaga qarshilarga sirli ravishda ma’lumot uzatgan va ular uyushtirgan tadbirlarda qatnashgan. Bu esa “ular mamlakat immigratsion tizimi qo’riqchilari vazifasini yaxshi bajara oladimi degan savolni ko’ndalak qo’yadi”, deyiladi hujjatda.
AQSh Chegara xizmati va kasaba uyushmasi hisobot yuzasidan “Amerika Ovozi” savollariga javob bermayapti.
Immigratsiyani cheklash tarafdori, Vashingtondagi tahliliy markaz rahbari Mark Krikoryan iddaolar asossiz, deydi.
“Obama ma’muriyatining immigratsiyaga oid ma’lumotlarni sir saqlash siyosatiga qarshi chiqish - muhim vazifa. Biz bunday qilganimiz uchun uzr so’ramaymiz. Biz o’z ishimizdan, hamma bilishi kerak bo’lgan ma’lumotni yetkazganimizdan faxrlanamiz”, - dedi u.
Krikoryan fikricha Oq uy aslida immigrantlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar manfaatlarini ilgari surmoqda.
“Shikoyat bilan chiqqan tashkilotlar aslida hukumat hamkorlari. Ma’muriyat sir saqlamoqda, vaholanki bunday ma’lumot internetda joylashtirilishi kerak,” – deydi Krikoryan.
Potok esa bu markaz va boshqa guruhlarni irqchilikda va mamlakatni oq tanlilar o’lkasi sifatida saqlab qolishga urinayotganlikda ayblaydi.
Haqiqiy ekstremistlar - immigratsiya qonunlarini bekor qilishni talab qilayotganlar, dedi Krikorian.
Immigratsiya islohoti haqidagi qonun Kongressda muhokamada. Prezident Barak Obama masalani qonunchilar roziligisiz hal qilishi mumkin. Ammo qarshilar prezident qarorlarini sudga olib chiqmoqchi.