Kongress Vakillar palatasi prezident Obama va Senat taklif qilgan immigratsion loyihani rad etmoqda. Hujjat 11 million noqonuniy muhojirga fuqarolik imkonini berishi mumkin.
Respublikachilar masalaga bosqichma-bosqich yondashish, avvaliga chegarani mustahkamlab, immigratsiya qonunlarini kuchaytirish kerak, deydi. Yosh latinolar fikricha esa muxolifat islohotga yo’l ochmasa, saylovchilarning muhim qatlamini qo’ldan boy beradi.
Kapitoliy qarshisida salkam 500 latino muhojir fuqarolikka doir qasamyod marosimiga taqlid qilmoqda. Bu – respublikachilar hukmron Vakillar palatasiga sha’ma. Biz ham amerikalikmiz, deydi ular.
Kongress quyi palatasi immigratsion reforma bo’yicha loyihani rad etdi. Demokratlar ko’pchilikni tashkil etgan Senat o’tgan oy tashabbusni ma’qullagan edi. Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner amaldagi tizim ishdan chiqqanini tan oladi.
“Respublikachilar partiyasi muammo jiddiy ekanini bilamiz. Shu bilan birga, uni bitta katta hujjat bilan emas, sekin-asta, bosqichma-bosqich hal qilish zarur, deb hisoblaymiz”, - deydi u.
Demokrat kongressmen Luis Gutteres namoyishchilar safida edi. U kabi qonunchilar nazarida respublikachilar hujjatni ovozga qo’yishga rozi bo’lsa, muhokama samarali kechadi.
“Respublikachilar boshliq Vakillar palatasidan iltimosim – odamlar dardiga quloq tuting. Hujjat ma’qullanishi uchun 218 ovoz kerak. Keling, quyi palatada masalani loaqal besh daqiqa ovozga qo’yaylik”, - deydi Gutteres.
Namoyishchi Lorella Praeli qarorimiz qat’iy, deydi:
“Spiker Beyner, partiya va Amerikani kelajakka yetaklashingiz mumkin. O’tmish yoki kelajakni tanlaydigan payt keldi”.
2012-yilgi saylovda prezident Obamani latinolarning 71 foizi yoqladi. Respublikachi nomzod Mitt Romniga faqat 27 foiz latinolar ovoz berdi. Respublikachilar bunaqa ketishda mag’lub bo’ladi, deydi tahlilchi Allan Lixtman.
“Respublikachilar uchun noyob imkoniyat bu. Ular latino aholi talablariga befarq emasligini namoyish etishi, yechim bilan chiqishi kerak. Aks holda, bu partiya nihoyatda sovuq, shafqatsiz guruh degan nomdan qutula olmaydi”, - deydi Lixtman.
Ayrim respublikachilar fuqarolik va qonuniy maqomga doir da’vatlarni mutlaqo eshitmoqchi emas. Mishel Bakmann:
“Faqat chegaralarni mustahkamlash kerak, devorlar baland bo’lsin”.
Respublikachi yetakchilar avvalo sarhadlarni pishiqlash, viza tartibini kuchaytirish kerak, demoqda. Ular fikricha, muammoni shoshmasdan, tubdan ko’rib chiqish lozim.
Your browser doesn’t support HTML5