AQSh Kongressi immigratsiya islohotini muhokama qilishda davom etar ekan, har kuni Amerika fuqarolari saflari kengaymoqda. O’tgan yili Immigratsiya va fuqarolik davlat xizmati 700 ming odamni qasamyodga keltirdi, ularning 84 ming nafari Nyu-York shtatidan.
Immigratsiya haqidagi yangi qonun fuqarolikka oid ma’lumot izlayotganlar uchun katta ahamiyatga ega.
Nyu-York shahar universitetida immigrantlar uchun maxsus telefon xizmatiga minglab odam qo’ng’iroq qiladi.
Ularga ma’lumot berayotganlar - ko’ngillilar, orasida endi AQSh fuqaroligini olganlar ham bor.
Muhojirlar savollariga javob beradiganlar – turli madaniyat va til vakillari.
“Ispan tilida maslahat beraman, Braziliyaliklarga ham, ya’ni portugal tilida so’zlashuvchilarga. Butun Nyu-Yorkdan qo’ng’iroq qilishadi, hatto Aydahodan ham”, - deydi ko’ngillilardan biri.
Shahar meri Maykl Blumberg dastur katta ijobiy ahamiyatga egaligini aytadi.
“Mamlakatimiz muhojirlarga muhtoj. Bu yerga kelgan immigrantlar mamlakatni bunyod etishda qatnashish imkoniga ega bo’lishi kerak. Vashingtonda bunga qarshilik qiladiganlar bor. Ammo ular bizning kelajagimiz. Mamlakatga yordami tegyapti”, - deydi u.
Yaqinda AQSh fuqaroligi olgan Emma Drayer asli Panamadan. Dastur haqida televideniye orqali eshitganini aytadi.
“Hamma biladiki, fuqaro bo’lish o’z so’zingni ayta olishing demakdir. Mana shu bir parcha qog’oz katta ahamiyatga ega. Avvalambor, istagan aeroportingizga borib, chipta sotib olasiz-da, safar qilasiz, qaytib kelganingizda hech kim bir og’iz savol so’ramaydi, chunki qo’limda pasportim bor”, - deydi u.
Darhaqiqat, bu hujjatni qo’lga kiritish – katta yutuq. Nyu-Yorkda har hafta yangi fuqarolar qasamyod keltiradi. Bugun ham Gana, Fransiya va Venesuela kabi 32 mamlakatdan 150 odam fuqarolik maqomiga ega bo’ldi.
“Bu kun ham keldi, murodimga yetdim. Endi Amerika fuqaroligini ko’z qorachig’imdek asrayman”, - deydi yangi fuqarolardan biri.
“Amerikalik bo’lish - turli mamlakatlar fuqarolari kabi teng huquqli fuqaro bo’lishni anglatadi, ayniqsa, Nyu-York shahrida”, - deydi yana bir fuqaro.
“Marosimda rasman amerikalikka aylanasiz. Bu juda ga’alati. Hissiyotlarga to’la kun. Chunki bu mamlakatni yaxshi ko’rmay bo’ladimi?! Hamma AQShni sevadi”, - deydi Alonso ismli yana bir fuqaro.
Amerika qiyofasi yangi fuqarolar shaxsida aks etadi. Muhojirlar xalqi, dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlar vatani. Ko’plar uchun bu uzoq jarayon oddiy bir telefon qo’ngirog’i bilan boshlangan.