Prezident Barak Obama va Vakillar palatasidagi demokrat qonunchilar immigratsiya islohotiga doir qonun loyihasini ovozga qo’yishni talab qilmoqda. Senat unga allaqachon ovoz berib bo’lgan. Ammo respublikachilar orasida immigratsiya masalasida hamon yakdillik yo’q. Vakillar Palatasi hujjatni yaqin orada ovozga qo’ymasligi mumkin.
Ishdan chiqqan immigratsiya tizimini tuzatish prezident Barak Obama uchun ustuvor masala. U Vakillar palatasini tezroq bir qarorga kelishga chaqirmoqda:
“Respublikachimiz, demokratmisiz, mustaqil vakilmisiz, ishni davom ettiring. Men siz bilanman. Birgalikda immigratsiya islohotini albatta amalga oshiramiz”.
Kongressdagi demokrat yetakchilar Palata spikeri, respublikachi Jon Beynerdan hujjatni ovozga qo’yishni so’ramoqda.
“Spiker Beyner, nimani kutayapsiz? Amerika xalqi fikr bildirib bo’ldi. Ular keng qamrovli islohotga tayyor. Masalani ovozga qo’yaylik!” - deydi demokrat Linda Sanchez.
Beyner esa bu boradagi savollarga na ha, na yo’q, deb javob beradi.
“Immigratsiya islohoti muhim, uni obdon o’rganib chiqish kerak. Noumid shayton”.
Respublikachilarning shikoyat qilishicha, Senat loyihasi AQShda hujjatsiz yashayotgan 11 million odamning huquqini chegara xavfsizligidan ustun qo’ymoqda. Bu odamlarga qonuniy maqom berish taklifiga qarshilar juda ko’p. Immigratsiya bo’yicha ekspert Odri Singer fikricha, Palata Senat loyihasini qabul qilmaydi.
“Senat ma’qullagan hujjat ancha mukammal, immigratsiyaga doir ko’p masalalarni qamrab oladi. Muxolifat esa bu yo’ldan bormasligini qayta-qayta aytgan. Ular muammoni kichik qadamlar bilan hal etish tarafdori”.
Prezidentning sog’liqni saqlash islohoti yuzasidan kelisha olmay hatto hukumatni yopishgacha borgan va natijada obro’sini ancha yo’qotgan respublikachilar immigratsiya masalasini bu yili hal etishga shoshmasligi mumkin. Kelasi yilgi Kongress saylovlari oldidan siyosatchilar immigratysiya kabi qaltis va nozik masalalarni chetga surib qo’yishi ehtimoli katta.
Your browser doesn’t support HTML5