AQSh hukumati Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzib, Tehron yadro dasturiga ko’maklashgan o’ndan ziyod kompaniyani jazolamoqda.
Moliya vazirligi va Davlat departamentining ma’lum qilishicha, ommaviy qirg’in qurollarini yaratishda ishlatiladigan materiallarni tarqatganligi va bu bilan sanksiyalarni buzganligi uchun ushbu kompaniyalar aktivlari muzlatiladi va tranzaksiyalari taqiqlanadi.
Vashington rasmiylarining payshanba kuni bildirishicha, kompaniyalar jumlasidan Singapur, Filippin va Ukraina kompaniyalari (“Mid Oil Asia”, “Singa Tankers”, “Siqiriya Maritime”, “Ferland Company Limited” kompaniyalari va Vitaly Sokolenko ismli shaxs) o’rin olgan.
AQSh hukumati, shuningdek, Tehronning uranni boyitishga qaratilgan dasturiga jalb etilgan beshta Eron tashkiloti nomini oshkor etdi. Yana bir nechtasi Eronning ballistik raketalar dasturiga aloqador bo’lib, ular ham Vashington jazosiga uchraydi.
Bunday ma’lumot AQSh qonunchilari Eronga nisbatan sanksiyalarni keskinlashtirish taklifini ilgari surayotganda oshkor etildi. Shu paytgacha Obama ma’muriyati qonunchilarni Tehronga nisbatan hech qanday keskin qadam qo’ymaslikka va bu bilan mizokaralarga putur yetkazmaslikka undab kelgan.
Moliya vazirligi rasmiysi Deyvid Koenning bildirishicha, ilgaridan mavjud sanksiyalar doirasida yangi kompaniya va shaxslar qora ro’yxatga tushgan.
“Yaqinda Jenevada erishilgan kelishuv Eron yadro dasturini dastaklayotgan va sansiyalarni buzmoqchi bo’lganlarga qarshi kurashni to’xtatmaydi”, - dedi u.