Katrinadan yetti yil o’tib AQSh Ayzik bilan olishmoqda

  • Amerika Ovozi
Ayzik (Isaac) 1-kategoriyali to’fondan tropik po’rtanaga aylandi. Tezligi kamaygan bo’lsada, Luiziana va ayrim boshqa shtatlarda kuchli yomg’ir va shamol bilan kurashish oson bo’lmayapti.

Bundan yetti avval ro’y bergan Katrina to’fonidan keyin qurilgan himoya tizimlari uchun Ayzik – jiddiy sinov.

2005-yilgi Katrina oqibatida Luiziana va Mississippi shtatlarida 1800 odam nobud bo’lgan edi. Ayzik natijasida hozircha talafot qayd etilgan bo’lmasada, toshqinlarning xavfi katta.

Katrina oqibatida vayronaga aylangan himoya tizimini qayta tiklash va mukammallastirish uchun hukumat 14 milliard dollar sarflagan. AQSh armiyasining muhandislar korpusi rasmiylari hozirgi tizim Ayzikdek sinovga bardosh berishini aytmoqda.

Po’rtananing Luizianada juma ertalabgacha davom etishi kutilmoqda. Yangi Orleanda odamlar evakuatsiya qilindi. Shaharda favqulodda vaziyat e’lo qilingan.

To'fonlar: Katrinadan yetti yil o'tib Ayzik