Qo'shma Shtatlar bugun Qirg'izistonni o'zaro aloqalardagi taranglik AQSh yordamini qisqartirishi mumkin, deya ogohlantirdi.
Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi sal oldin Amerika o'zbek huquq faoli, qamoqdagi Azimjon Asqarovni nufuzli mukofot bilan taqdirlagani uchun norozilik bildirgan edi.
Bishkek Asqarovni o'zbeklar va qirg'izlar o'rtasida adovatni avj oldirganlik, militsiya xodimini o'ldirishda ishtirok etganlikda aybdor topib, umrbod ozodlikdan mahrum etgan.
Qirg'iziston nazarida inson huquqlari himoyachilariga atalgan mukofot Asqarovga berilishi mamlakatda tinchlik va barqarorlikka tahdid solishi mumkin.
Bundan tashqari, Bishkek Amerika bilan 1993-yilda imzolangan strategik hamkorlik bitimini uzishi mumkin.
Amerika va Qirg'iziston aloqalari taranglashar ekan, iqtisodiyoti zaif Qirg'iziston tobora Rossiya tomon og'ib borayapti. Mamlakat yaqinda Moskva ta'sis etgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, Azimjon Asqarov 2010-yilning yozida janubda elatlararo xunrezlik paytida huquq-tartibot xodimlarining huquqbuzarliklari yuzasidan dalillar to'plagan.
Oradan ko'p o'tmay qamoqqa tashlangan. Xalqaro tashkilotlar Qirg'izistondan uni ozod qilishni so'rayapti.
Davlat departamentida Azimjon Asqarovga mukofotni topshirish marosimi ortidan uning o'g'li Sherzod bilan qilgan suhbatimizni tomosha qiling:
Marosimda Sherzod Asqarov qilgan chiqish (rus tilida):